HAYOT NONI

"Men Hayot Noniman...". Iso Masih. (Yuhanno 6:35)

Dun'yo O'zbeklari Uchun Hudo Hushxabari--Good News for Uzbeks Worldwide

9/17/2005

ISHONCH VA SHUBHA
Iso dengizda yurib kelayotgandi. Butrus (Peter) va Isoning shogirdlari Isoning suvda yurganligini ko`rib hayron qolishdi va dahshatga tushishdi. Iso ularga gapirganidan keyin ular o`zlarining qo`rquvidan tinchlanishdi. Shunda Butrus hursand bo`lib Isoning oldiga bormoqchi bo`ldi. Bu erda biz Butrusning bolalardek sodda imoni borligini ko`ramiz. Iso unga ta'qiqlamadi, balkim mayli kelgin dedi. Butrus shahdam qadamlar bilan Isoning oldiga bora boshladi, lekin birdaniga atrofidagi shamol va dengiz to`lqinidan qo`rqib ketdi. Butrus cho`ka boshladi va Isoni yordamga chaqira boshladi. Rabbi Iso qo`lini cho`zib uni ushlab uni chiqarib oldi va ikkalasi suvda yurib qayiqqa qaytib kelishdi.

Bu narsadan koramizki, Butrusning Isoga bo`lgan imon-ishonchi tabbiy qonunlarni to`xtatib qo`ydi. U suvda yurdi. Lekin unda paydo bo`lgan shubha uni cho`ktira boshladi. Imon-Ishonch Butrusning kuchi edi, lekin Shubha uning dushmani edi. Iso ham unga "nima uchun shubhalanding" deb aytdi. Inson shubhalanganda u qo`rquvga tushadi.
Keyinchalik Isoning shogirdi Pavel shunday degan edi, "Mukammal sevgida Qo`rquv yo`qdir". Sevgi orqali bilim va ishonch keladi. Haqiqiy Bilish faqat birlashish orqalidir. Biz Isoni va Yaratuvhcimizni faqatgina unga bo`ysunganimizda va u bilan bitta bo`lganimizda bilamiz. Sevgi va Muhabbat bu birlikdir va yagonalikdir.
Butrus hali ham Isoning kimligini bilmagan edi, shuning uchun uning qudratidan shubhalanib cho`ka boshladi. Lekin u og`ir paytda Isoga yordam uchun qaray boshladi va Iso uni qutqardi. Biz ham agar imon g`alabasiga erishmoqchi bo`lsak o`zimizning qo`rquvlarimizni yengishimiz kerak. Imon qalbimizdagi chiroqdir, yo`limizni yoritadigan chiroqdir (Keller). Imon orqali ko`zimiz ko`rmagan narsalarni qila olamiz. Rabbimizga bo`lgan imon-ishonch orqali iloji bo`lmagan narsalarni qila olamiz. Shuni esimizdan chiqarmasligimiz kerak-ki, biz doimo Xudoning xohishida yurishimiz kerak va Rabbimizda tokda novda qanday tursa biz ham U bilan yagona bo`lishimiz kerak. Shunda Xudovandning buyuk qudrati bizga Xudoning xohishini bajarishga beriladi. Xudovandga hamdu sanolar bo`lsin. /Farh./

0 Comments:

Post a Comment

<< Home