HAYOT NONI

"Men Hayot Noniman...". Iso Masih. (Yuhanno 6:35)

Dun'yo O'zbeklari Uchun Hudo Hushxabari--Good News for Uzbeks Worldwide

9/23/2005

left
Qarang:
1 Korinf. 3:16-17; 1 Korinf 6:13-20; Efes. 2:19-22.

Sep.22
1 Cor. 6:19
Sizning badaningiz Muqaddas Ruhning ma'badi ekanligini nahot bimasangiz?


Mening tanam "Muqaddas Ruhning ma'badi" bo`lishi uchun mo`ljallangan, mening tanamdagi ishlar orqali Iso Masihni ulug`lash menga bog`liqdir. Qachonki Xudo Ruhi tanaga kelganda, Ruh ma'badni tozalaydi, hech qanday bebosh gunohga yo`l qo`ymaydi. Iso Masihning tanaviy hayotim uchun jiddiy talabi Poklikdir. Inson sifatida Xudo ma'badini hech qanday noloyiq ish bilan iflos qilishimiz mumkin emas; agar biz bunday qilsak Xudoning jazosi(intizomi) keladi. Birdaniga bizga Xudo Ruhi kelganda biz tushuna boshlaymiz -Xudodan bo`lmagan har qanday narsa tozalanishi kerakligini. Bir xil odamlar [imonlilar] shunday deydi, "Menga aytilgan agar so`rasak Xudovand o`z Ruhini bizga beradi; Ho`sh men Muqaddas Ruhni so`radim, men tinchlik va shodlikni kutgan edim, lekin uni o`rniga so`rovimdan beri qiyin ahvoldaman". Bu narsa [qiyin ahvol] Ruhning kelganligining belgisidir, U ma'baddagi "pul almashtirish, mol-xolni" ostun-ustun qilmoqda [Iso qanday Quddus ma'badini tozalagan bo`lsa], ma'badni o`z hayotimiz uchun mo`ljallagan narsalardan Ruh tozalamoqda. Nima uchun Xudo Xushxabari hamma insonlarga ham yoqmasligini biz tushunib qolamiz. Qachonki biz chiroyli qilib "kamtarin va muloyim Iso", Muqaddas Ruh paydo qiladigan narsalar haqida chiroyli fikrlar aytganimizda odamlarga bunga mahliyo, lekin bu Xudoning to`liq Xushxabari emas. Xudo Xushxabari faqatgina Sulhdan tashqari hech qanday poydevorda turmaydi [Sulh: Isoning azobi va o`limi orqali Yaratuvchimiz bizni qutqarishi va O`zi bilan yarashtirish qarori]. Jannat tinchligi va Xudo shodligi haqida gapir va insonlar seni eshitadi lekin ularga Muqaddas Ruh kelishi va ularning o`zlari uchun yashash huquqlarini ostun-ustun qilishini gapir-u insonlardan birdaniga qarshilik keladi. Ular aytishadi: 'Men tanam bilan nima xohlasam shuni qilaman; Men qaerga borishni xohlasam boraman. Ko`pchilik insonlar so`kinuvchi yoki jinoyatchi, ochiqdan-ochiq gunohda yashayotgan insonlar emas, ular hurmatli, tartibli hayot kechiruvchilardir. Shundaylarga Xudoning jazosi va intizomi eng dahshatli narsaday ko`rinadi, chunki ularning [Xudoga bo`ysunmaydigan] tabiiy "yahshi ahloqi" Xudovandga butparast qarshilikdir. Oswald Chambers.

"Shogirdlarga Kundalik Fikrlar". 22-Sentyabr. Zondervan Matbuot Uyi. Michigan. 1990. O`zbek tiliga Philning tarjimasi.


0 Comments:

Post a Comment

<< Home