HAYOT NONI

"Men Hayot Noniman...". Iso Masih. (Yuhanno 6:35)

Dun'yo O'zbeklari Uchun Hudo Hushxabari--Good News for Uzbeks Worldwide

9/28/2005

Qabul Qilib Olish va Yulib Olish

Bunga Javoban Yah'yo (payg`ambar) dedi:-Agar osmondan nasib bo`lmasa, inson hech narsa ololmaydi. (Injildan parcha: Yuhanno 3:27)


Odatda biror narsa olishning ikki yo`li bor. Biri qabul qilish, boshqasi esa yulib- tortib olishdir. Ko`pchilik insonlar narsani yulib-tortib oladi, lekin buning muammosi olgan narsangiz doimiy bo`lmaydi. Vaqtinchalik qo`lga kiritgan o`ljangizga ega bo`lasiz lekin oxirida u sizniki bo`lmaydi. Olishning boshqa yo`li esa- Qabul qilishdir. Bu Xudovand sizga atagan narsani qabul qilishdir. Uzoqni ko`zlab qaraganda Xudovand sizga nasib qilgan narsadan ko`proq narsaga ega bo`lolmaysiz. Mening yoki Sizning hayotingizda doimiy bo`lgan narsalar bu Xudovanddan qabul qilgan narsalardir. Shunday ekan nima uchun yulishni va tortishib olishni vaqtinchalik to`xtatmaysiz. Yulg`uchlikni bas qiling, ega bo`lishga harakatingizni to`xtating, uning o`rniga Xudovandga qarang va unga shunday murojat qiling: "Olampanoh Xudovand, nimani mening ega bo`lishimni xohlasang, men shu narsani xohlayman. Men hammasiga qanoat qilaman. Xudovand, agar sening qo`lingdan qabul qilib olmasam, o`sha katta lavozim yoki katta pul yoki biron bir kayf-safoning orqasidan yugurmayman." Chunki Xudodan olingan narsa sizni barakalaydi (bahtiyor qiladi). Bu narsa haqiqatan ham sizniki bo`ladi. U narsa doimiy bo`ladi. Oxiriga kelib u narsa sizga ziyon etkazmaydi. Aks holda, hamla bilan tortib olingan narsalar ko`pincha, oxirida, siz u narsaga qo`l yugurtirib olganingizdan afsuslanasiz. Shunday qilib esda tuting, tinchlik va barokot olib keladigan narsalar , bu osmondan va Xudovanddan [nasib] qabul qilib olingan narsalardir.- Derek Prince

(Derek Prince mashhur Britaniyalik Injil Domlasi. Derekprince.org)

1 Comments:

  • At 6:02 AM, Anonymous Anonymous said…

    Yahshi Fikrlar

     

Post a Comment

<< Home