HAYOT NONI

"Men Hayot Noniman...". Iso Masih. (Yuhanno 6:35)

Dun'yo O'zbeklari Uchun Hudo Hushxabari--Good News for Uzbeks Worldwide

2/17/2007

Hudoning Insoniyat Uchun Rejasi / Video Parcha

STANDBY="Loading Windows Media Player components..." TYPE="application/x-oleobject">





WIDTH="192" HEIGHT="190" ShowControls="1" ShowStatusBar="0" ShowDisplay="0" autostart="0">


www.jesusfilm.org

O'zbek Tilida To'liq Holda Ko'ring (Windows Media)


Hudovand Masih dunyoning qutqaruvchisi bolish uchun kelishini Muqaddas yozuvlarda ta’kidlagan. Iso Masihning hayoti payghambarlar aytib ketgan (bashorat qilgan) O`sha Kimsa U ekanligining yaqqol guvohidir. Ishayyo payghambar bashorat qilgandi: “Bokira qiz homilador bo`lib oghil tughadi”.
Yuz yillikdan so`ng bu bashorat amalga oshdi, yaani Iso tughildi.

Muqaddas Yozuvlar (Kalom) tug`ilajak Muqaddas Kimsa Hudo o`g`li deb atalishini e’lon qildi. Bu Iso jismonan emas balki ruhiy ma’noda Hudo o`ghli deb aytilishi kerakligini anglatadi.

Uning Hudo o`ghli ekanligini biz Uning yashab o`tgan hayotidan ko`ramiz. U xastalarni shifoladi, ularning gunohlarini kechirdi, ularni Hudovand huzuriga qaytarib Hudovand shohligida ular bilan birga bo`lishni vaada qildi. U odamlar gunohi evaziga Qurbonlik Qo`zisi sifatida O`zini qabul qilishlarini aytdi va o`limni yengib qayta tirildi.

Iso dedi: “Hech kim jonimni Mendan ololmaydi, Men O`z ixtiyorim bilavn uni beraman. Uni berish ham qaytadan olish huquqim bor. Ushbu muqaddas burchni Menga Otam topshirgan"

Isoning hayoti payghambarlar qilgan bashoratlarning amalga oshishigina bo`lib qolmay, balki u Hudovandning Muqaddas Kalomining haqiqatligini ham isbotidir. O'tmishda o'tgan payg`ambarlar shunday deyishdi: “Hudovandning Kalomi o`zgarmas, ey, Rabbim, Sening So`zing abadiydir”.

Iso O`zi aytdi: “Yeru osmon bitar, lekin Mening so`zlarim bitmas”.

Iso bizga abadiy hayot bergani keldi. Odamzot Adan boghida Hudoga itoatsizlik qildi va o`z yo`lidan ketdi, o`z yo`lini tanladi va bu itoatsizligi uni o`z Yaratuvchisidan ajratdi. Muqaddas Kalomda yozilganidek hamma gunoh qilgan va gunohning to`lovi o`limdir. Ruhiy o`lim Hudodan abadiy ajralish demakdir. Lekin Hudovand Ibrohimga o`g`li o`rniga o`lish uchun qo`zi berganidek, U bizning o`rnimizga Isoni - Masihni yubordi.

Uning hayoti, o`limi va qayta tirilishi Isoga imon keltirganlarning Hudo bilan munosabatini qayta tikladi.

Endi esa, Masihga ergashuvchilarning nafaqat gunohlari kechirilgan balki ular Hudoning abadiy jazosidan ham qutqarilganlar. Ular Hudo Shohligida vorislik qiladilar va U bilan abadiy yashaydilar.

Bugun Iso har bir insonga gunoh va uning kuchidan forigh (holi, ozod) hayot va ozodlik vaada qiladi. Bu diniy qoida-udumlarga ergashishni anglatmay, balki “Men eshik oldida turib taqillataman. Agar kim ovozimni eshitsa va eshikni ochsa, Men uning hayotiga kiraman”, deb aytuvchi Isoga imon keltirishni anglatadi.

Iso O`z ergashuvchilari haqida dedi: “Mening qo`zim Mening ovozimni taniydi. Men ularni bilaman va ular Menga ergashadi”. Iso vaada qilgan to`kin hayotni his qilishlari uchun Uning izdoshlari Hudo bilan ibodatda so'zlashishadi va Uning Kalomini o'qishadi yoki eshitishadi. Atrofdagilarga Hudo Hushxabari haqida so'zlab yurishadi va Uni sevuvchi izdoshlari bilan birga uchrashib turishadi.

Uning ajoyib vaadasini eslang: “Osmonda va yerda butun qudrat berilgandir Menga. .. Men sizlar bilan hamisha, hatto dunyoning oxirigacha birga bo`laman.”

0 Comments:

Post a Comment

<< Home