HAYOT NONI

"Men Hayot Noniman...". Iso Masih. (Yuhanno 6:35)

Dun'yo O'zbeklari Uchun Hudo Hushxabari--Good News for Uzbeks Worldwide

10/18/2005

Hudovandi Karim Bizga Yaqin....
Ey jonim, Hudovandni olqishla!
Uning muqaddas ismini olqishlang,
ey, butun azoyi badanim!
Ey jonim, Hudovandni olqishlagin,
Unutma Uning biron-bir ehsonini!
U butun ayb-gunohlaringni kechirar,
Barcha xastaliklaringga davo topar;
Hayotingni go`r azobidan qutqarar,
Boshingga inoyat marhamat tojin taqar
Ko`nglingni ne'matlar bilan qondirar,
Yoshliging kuchini burgut kuchiday yangilar.
Hudovand adolatli hukm chiqarar
Barcha ezilganlar huquqini himoya qilar.
Dovud Payg`ambar Zaburi. Sano 102

Men o`zimning ehtiyojim va muammolarim bor. Men hayotda maqsadim bo`lishni hohlayman. Men kundalik hayotda yo`nalish va mazmun bo`lishni
xohlayman. Bir hil paytlar biz o`zimizdagi kamchiliklar va xatolarimiz tufaili har hil muammolarga mubtalo bo`lamiz va Xudovanddan hafa bo`lamiz. Biz
o`zimizni Xudovanddan uzoqday sezamis. Lekin Muqaddas Kitob boshqa narsa deydi. Biz Yaratuvchimiz Xudovanddan uzoqda emasmiz.
Xudovand bizning yaratuvchimiz. U eru olamni yaratgan. U
Zot bizning ruhimizning egasi. Har bir inson Uni oldida ohiratda javob beradi. Xudovand Ruhdir va butun olamni to`ldirib turadi. Shuning uchun U bizdan
uzoq deb oylashimiz no`tog`ri. Iso Masih aytishicha, Xudovand buyuk mehr-shafqatga ega Osmondagi Buyuk Otamiz, U yahshi va yomonning ustiga quyosh
yoritib turibdi va ularning nasibasini beruvchidir. Xudoning nazari doim dunyoda. Uning nazaridan holi hech narsa bo`lmaydi. Butun tabiat qonunlari,
farishtalar va xattoki yovuz ruhlar ham Uning hokimiyatiga bo`ysunadi.Muqaddas Kitob aytishi bo`yicha, Xudo Insonni yaratdi va o`z yaratgan dunyosi ustidan Odamni hokim qilib qo`ydi. Xudovand Jannat Bog`ida Odam bilan O`z huzurida
muloqotda bo`ldi. Xudovand Insonni erkin irodali jon qilb yaratdi. Inson hayvon emas,(evolyutsiya teoriyasi inson va hayvonot olami bir joydan boshlangan
deyishadi-bu noto`g`ri). Xudovand Insonni O`z tabiatiga yaqin qilib yaratdi. Xudovand insonni O`zi bilan muloqot qilish va munosabati uchun yaratdi. Bu
qanday sharaf biz insonlar uchun, Buyuk Yaratuvchi bilan muloqotda bo`lish in'omi. Bu Xudovandning bizga bo`lgan inoyatini bildiradi. Muqaddas Kitob
aytadaki, birinchi inson, Odam Ato va Momo Havo, bu munosabatni yo`qotishdi. Ular yovuzlik kuchi, Shaytonning vasvasasiga inonib, Xudo amrini buzishadi
va shu bilan Xudo va Inson o`rtasida katta ajralish yuz beradi. Xudovand Insonni o`z huzuridan van inson uchun yaratgan qarorgohdan uni quvib chiqaradi.
Lekin Xudovand mehr-shavqati tufayli inson bilan aloqani uzmadi. Asrlar davomida Xudovand O`zini insonlarga bildirib keldi. Lekin Xudovand ba'zi bir solih
insonlar bilan maxsus munosobatda bo`lib keldi. Xudovand va Odam Ato, Xudovand va Nuh, Xudovand va Ibrohim. Ibrohim Xudovand bilan shunchalik
yaqin munosabatda ediki, U Xudo do`sti degan nomga erishdi. Xudovand Ibrohimga buyuk va'dalar berdi. Unga ilohiy va'da orqali yuz yoshga to`lganida
mo'jiza orqali Is'hoq ismli og`il berdi. Keyinchalik Xudovand Yoqub Payg`ambar bilan munosabatini davom ettirdi. Xudovand Yoqubning ismini Isroil deb
o`zgartirdi.KeyinchalikYoqubdan buyuk bir qabila Yahudiy millati kelib chiqdi. Yahudiylar 4oo yil Misrda qullikka tushib qolishdi. Lekin Xudovand Yoqub (Isroil) bilan
bo`lgan munosabatini esladi. Xudovand Muso payg`ambarga zohir bo`ldi, va o`z xalqini Misrdan qullikdan qutqarish vazifasini Musoga topshirdi. Muso
Xudovandning buyuk qudrati bilan Misr faraoniga mo'jizalar korsatdi. Faraonning qarshiligiga qaramay Muso Xudo qidrati bilan Ibrohim avlodi va Yoqub
Pyg`ambarninng avlodini Misrdan olib chiqib ketdi. Xudovand Muso va Isroil bilan yangi bir ahd tuzdi va Isroilga O`z Qonunlarinii berdi. Xudovand Isroilni
kunduzi Bulut soyasi tagida , kechasi Olov yorug`ligida olib yurdi. Xudovand o`z xalqiga yangi yer berishga qaror qildi. Ana shu Yangi Yer Misrga yaqin
masofada edi. Lekin Isroilning Xudoga tobesizligi va bevafoligi tufayli Xudovand Isroilni 40 yil Misr cho`lida olib yurdi. Misrdan chiqqan birinchi avlod hayotdan o`tib ketdi, ularning farzandlari Xudo va'da qilgan Yangi yerga kirishga muyassar bo`lishdi. Davomi bor.
-Cho`pon-
Parvardigorimiz Bor Qoshig`ini Eshiting

1 Comments:

Post a Comment

<< Home