HAYOT NONI

"Men Hayot Noniman...". Iso Masih. (Yuhanno 6:35)

Dun'yo O'zbeklari Uchun Hudo Hushxabari--Good News for Uzbeks Worldwide

10/13/2005

Xudoning irodasi

Biz Xudoning irodasini turli yo`llar orqali bilsak bo`ladi.
1. Avvalam bor, biz Uning irodasini Muqaddas Kalom orqali bilsak bo`ladi.
2. Ikkinchidan, Iso Masihning hayoti va bajargan ishlari orqali bilamiz.
3. Bundan tashqari Muqaddas Ruh ham bizga Uning irodasini bildiradi.
Albatta, Xudoning irodasi imonga kelgan va kelmaganlar uchun turli xil bo`ladi. Biroq, biz ushbu maqolada faqatgina masihiy insonlar qanday qilib Xudoning irodasini topishlari haqida so`zlashamiz.

Kundalik hayotda Uning irodasini bilishimiz uchun inson bajarishi kerak bo`lgan ishlar bor; shu bilan birga Xudo O`z tominidan ham ayrim narsalarni bajaradi yoki allaqachon bajargan bo`ladi.

Nimalarni inson qilishi kerak:
Birinchi navbatda masihiy odam o`zining tanasini tirik qurbon sifatida Xudoga topshirishi kerak. Shu bilan birga, bu dunyoga moslashmasdan, balki ongining yangilanishi orqali tubdan o`zgarishi kerak va shu orqali inson Xudovandning ezgu, ma’qul va komil irodasini biladi, taniydi va his qiladi (Rimliklarga 12:1-2).

Oyatlar [Oyatlar Sharhi]:
Matto 12:50
Otaning irodasini bajargan kishi, Isoning yaqini bo`ladi.
Matto 18:14
Ota odamlarning o`lishini istamaydi.
Matto 21:28-31
Otaning irodasini so`zda emas, balki amalda bajarish kerak.
Luqo 2:13-14
Isoning tug`ilganida insonlarga Xudoning xush irodasi namoyon bo`ldi.
Yuhanno 1:11-13
Isoga ishongan kishi Xudoning irodasi bilan qaytadan tug`iladi.
Yuhanno 4:31-34
Iso ovqat emasa ham, Xudoning irodasini bajarish orqali, qonoat hosil qilar edi.
Yuhanno 5:30
Iso O`zi xech narsa qila olmas edi, balki Xudoning irodasi bilan hamma narsalarni qilar va gapirar edi.
Yuhanno 6:37-46
Iso erga Otasining irodasini bajarish uchun keldi.
Yuhanno 7:17
Xudoning irodasini chindan ham bajarmoqchi bo`lgan kishi, shu iroda bajarganda Isoning ta’limoti Xudodan ekanligini biladi.
Yuhanno 8:36-47
Isoga ishonmaydigan kishilar shayton irodasini bajaradilar.
Yuhanno 10:27
Isoga ishongan kishi Uning ovozini eshitadi va Unga ergashadi.
Yuhanno 16:7-14

Yuhanno 10 chi butun bobini o`qishni tavsiya qilaman.

Muqaddas Ruh bizni etaklaydi va kerakli narsalarni o`rgatadi.
Rimliklarga 12:1-2
Xudoning irodasini qanday bilsa bo`ladi.
Efesliklar 1:5-14
Xudoning irodasi insonni najot topishidir.
Efesliklar 5:17
Muqaddas Kalom bizga Xudoning irodasini bilgin, deb amr qiladi.
Kolosaliklar 1:7-13
Biz Xudoning irodasini bilishimiz uchun ibodat qilish kerak.
1-Salonikaliklarga 4:1-8
Imonli kishining muqaddas bo`lishi Xudoning irodasidir.
1-Salonikaliklarga 5:18
Har qanday vaziyatda Xudoga shukr qilish kerak.
1 Timo`tiy 2:1-4
Hamma odamlar najot topishi Xudoning irodasidir.
Yoqub 1:16
Xudo kalomi bilan bizni barpo qildi.
1 Butrus 2:13-15
Imonli kishi ezgu (savobli) ishlarni qilishi ham Xudoning irodasidir.
1 Butrus 4:1-3
Ilgari biz majusiylar irodasi bo`yicha yashagan edik, endilikda esa biz Xudoning irodasiga binoan yashaymiz.
1 Yuhanno 2:17
Xudoning irodasini bajaradigan kishi to abad yashaydi.
1 Yuhanno 5:13-14
Biz Xudoning irodasi bo`yicha nimaiki so`ramasak, U bizga shu narsalarni beradi.
"Bob Oriental" O`zbek

0 Comments:

Post a Comment

<< Home