HAYOT NONI

"Men Hayot Noniman...". Iso Masih. (Yuhanno 6:35)

Dun'yo O'zbeklari Uchun Hudo Hushxabari--Good News for Uzbeks Worldwide

10/04/2005

Yerdagi Hayotimiz Vaqtinchalik Soyadir, Xudo Beradigan Hayot Abadiydir

Men O`tgan yili Amerikaning bir shahriga bordim. Men musiqa do`konida qanday qo`shiq olay deb yurganimda, do`stalarim bitta CD ni menga rosa maqtashdi va meni jon-holimga qo`ymasdan Misty Edward degan bir ashulachining al'bomini menga oldirishdi. Birinchi marta eshitganimda ashula menga yoqmadi.Uyga kelganda bir necha marta eshitdim. O`sha paytlar shaxsiy hayotimda katta o`zgarishlar bo`layotgandi, quvonchli va og`ir paytlar. Shunda men bu sotib olgan ashula CD sini har kuni eshita boshladim, va chuqur ma'nosiga yeta boshladim. Bir necha haftadan keyin men oldingi borgan shaharga yana bordim. Do`stalrim bilan ibodatxonaga kirganimda qulog`imga tanish musiqa eshitila boshladi. Ibodatxonada voizlikdan oldin bir yosh qiz Xudoga hamdu sanolar aytib qo`shiq aytatyotgan ekan. Men juda ham hayron qoldim, shunchalik yosh qizdan qanday qilib bunday dono ashula kelayotganligidan. Keyin u qiz ashulasini tugatib sahnadan tushdi va zalning orqasidagi eshik tomon yurib ketdi. Shu mahal men bu qizning oqsayotganini ko`rib qoldim. Juda attang, shunday yosh jozibali imonli qiz oqsasa deb o`yladim. Keyin do`stlarim aytib qolishdi, o`sha qiz yoshligidan oyog`ida rak kasalligi paydo bo`lgan ekan. Bir necha yil oldin shu qiz maktabni tugatib, bu ibodatxonaga kelib yashayotgan ekan. U turmush qurishdan umidini uzib, butun umrini Xudovandga bag`ishlashga ahd qilibdi. O`shandan beri faqat ibodat va qo`shiq aytib yurar ekan. Keyinchalik uning ashulalari asta sekini Amerika va boshqa mamlakatlarga tarqala boshladi, va shu yosh qiz mashhur voizxonlar bilan mamlakat bo`ylab aylanib Xudoning ulug`lugini voiz qilib yuribdi. Haqiqatn ham Xudovand Unga sodiq bo`lganlarni barokotlaydi. Unga ishongan inson hech qachon uyalib qolmaydi. Xudovandga hamdu sanolar bo`lsin.
Quyidagi ashula menga yoqqan ashulalardan biridir.

Bu Faqat Soya Xolos

("Only A Shadow" by Misty Edwards)

/Oxirgi zamonda Haqiqat uchun shahidlik haqida ibodat/

[Rabbim] Sen mening kuchim bo`lasan
Sen mening qo`shig`im bo`lasan
Sen mening chiroghim bo`lasan
Butun Qorong`u Tun bo`yi.

Qo`ziga Sanolar bo`lsin!

Seni Yaratgan Xudovand shunday deydi
Seni Onangning qornida yaratgan Zot shunday deydi
"Men seni isming bilan chaqirdim
Va sen Menikisan
Ha, Sen Menikisan

Suvlar orasidan o`tganingda
Men sen bilan bo`laman
Daryolar orasida yurganingda

Ular seni ko`mib yubormaydi

Olov orasida yurganingda
sen kuymaysan
Sen Menikisan

Men Sening Xudovandingman, Isroilning Muqaddas ishongani
Sen mening ko`zimda qimmatbahosan
Qo`rqma, Men sen bilan bo`laman
Sen Menikisan"

Men sening Guvohing bo`lmoqchiman Rabbim ohirigacha
Bilaman nima uchun kelganman
Bilaman Qaerga ketayapman
Mening Otam Xudovanddir

Mening Yaratuvchim Mening Xo`jayininm
Abadiyat mening uyimdir
Uning ismi mening peshonamda yozilgan
Mening ismim Uning qo`lida yozilgan
U menkidir va Men Unikiman
Shunday ekan, mana ol tanamni [Sen Yovuz Dushmanim]
Sina, Sinagin xohlaganingcha
Lekin mening jonimni U [Xudovand] saqlaydi
Mening Jonimni U saqlaydi
O`lim vodiysi soyasida yursam ham
U mening Cho`ponimdir
Ha, U mening Cho`ponimdir

Men Sevgilimnikiman, Sevgilim Menikidir
Men chindan ham Uni sevaman, O`lim vodiysida yursam ham

Vodiyda [O`lim Vodiysida] yursam ham
Bu faqat soyadir
Mening Tanam yo`q bo`lib ketsa ham
Bu faqat Soyadir xolos.

Tinglang




0 Comments:

Post a Comment

<< Home