HAYOT NONI

"Men Hayot Noniman...". Iso Masih. (Yuhanno 6:35)

Dun'yo O'zbeklari Uchun Hudo Hushxabari--Good News for Uzbeks Worldwide

10/12/2005

Samoviy Kuyov Kim?


(Yuqoridagi Rasm Shu erdan olindi:
www.silkroadandbeyond.co.uk/images/360_uzbekistan_0027.jpg)


Nima uchun odamlar Iso Masihni Yagona qutqaruvchi deb hisoblashadi? Nima uchun U boshqa payg`ambarlarga o`xhsab go`rda emas balkim qayta tirilib Arshi A`loning huzuriga ko`tarilgan? Nima uchun Iso o`zini kelajakda keluvchi samoviy kuyov deb aytgan?

Yaqinda Amerikada muhojirlikda yurgan O`zbeklar haqida o`qib qoldim. Qiynalganlar va O`z yo`lini topib ketganlar ham bor ekan. Ba'zilar Amerikada qolish uchun har qunday usuldan foydalanishayotgan ekan. O`z yurtida ayoli va bolalari bor kishilar pul orqali soxta nikohdan o`tishmoqda. Sevganiga bergan va'dasini buzib, yosh qizlar birinchi uchragan, otgan ketgan amerikalik yigitlarga turmushga chiqishni izlashayapti. Albatta bu yetishmovchilikdan va yurtimizdagi qiyinchiliklar insonlarni har hil yo`llar izlashga majbur etmoqda. Men bu aytganlarim bilan hech kimni hukm qilmoqchi emasman. Balkim shu orqali Samoviy sirni sizga tushuntirmoqchiman. Bu misoldan ko`rayapmizki, biron bir mamlakatning fuqarosi bilan bo`lgan nikoh orqali fuqarosiz bo`lgan kishiga fuqarolik berilishi mumkin ekan. Inson o`z jonini o`ylaydi, hayotini yaxshilash niyatida yurar ekan.

Xuddi shunday Iso bilan ham.
U Samodan Arshi Aolodan kelgan Xudoning So`zidir. Unda Xudo Ruhi, Muqaddas Ruh yashadi. U osmondan keldi va Xudo Xohishini bajarib yana Osmonga ko`tarildi. Iso va o`sha paytdagi yahudiy din arboblari ortasida bo`lgan tortishuvda, Iso o`zining samodan, Xudoning huzuridan kelganligini aytadi. Shunda yahudiy din arboblari uni shakkoklikda ayblashadi: Iso o`zini Xudo bilan tenglashtirayapti deb. Iso yahudiylar tomonidan asrga olinib Rim hokimiyatining sudiga topshiriladi. O`sha paytda Isroilni boshqaroyotgan Rimlik hokim Pilat Iso bilan bahslashib undan hech ayb topa olmaydi. Pilat tushinib qoladiki, yahudiy din arboblari Isoning xalq orasida mashhur bo`lib ketayotganligini ko`ra olmaslikdan shu ishlarni qilayotganligini. Pilat Undan sen Shohmisan deb soraganda, Iso shoh ekanligini aytadi, lekin Uning shohhligi erda emas balkim Osmonda ekanligini aytadi.

Muqaddas Kitob ko`rsatadaki Iso kelajakda keluvchi buyuk Shohdir. Uning oldida hamma qabilayu xalqlar tiz cho`kadi. Yaratuvchimiz Unga hamma hokimyatni berdi va Iso Masihni o`lik va tiriklarni hukmlovhi Odil Hakam etib tayinladi.

Xosh Iso shoh ekan, Xudovandning Osmon shohligi bor ekan. Qanday qilib biz U shohlikka kira olamiz. Hazrati Iso Masih aytishilari bo`yicha bu Osmon Shohlikka hozirdanoq bu erdagi hayotmizda kirishimiz mumkin ekan. Iso o`zini Yaratuvchi Otamizga olib boruvchi yo`l va haqiqat deb atagan. Amerikadagi O`zbeklar qanday uylanish orqali fuqarolik olishsa, shunday qilib Insonlar Iso Masihga "uylanish" orqali yani hayotini U uchun bag`ishlash orqali Osmon Shohligiga kirishi mumkin ekan. Lekin Amerika fuqarologi va Osmon Shohligining fuqaroligini olish orasida katta farq bor. Fuqarolikni olishda kishilar har xil hiyla-nayrang ishlatishadi. Fuqarolik insonni tubdan o`zgartirmaydi, balkim bu narsa unga moddiy to`kin-sochinlik yoki imkoniyatlar olib kelish mumkin. Lekin Osmon Shohligiga kirish uchun hiyla-nayrang ishlatib bo`lmaydi. Iso Masih aytganday, agar Inson Ruh va Suvdan qayta tug`ilmasa Inson Osmon shohligiga kira olmaydi.

Xo`sh bu qayta tug`ilish nima o`zi? Inson Xudo Xushxabarini, ya'ni Xudo Iso Masih orqali Insoniyatga gunohlarni kechirim ato etishini va abadiy hayot va'da etishini eshitganda, inson birinchi bo`lib gunohlaridan chin yurakdan tovba qilishi kerak. Shundan kiyin Iso uning gunohlari uchun keltirilgan qurbonlik ekanligiga iqror bo`ilishi kerak. So`ngra insonlar va Osmon guvohligi uchun, belgi siatida suvda cho`mishi kerak.

Suv tahoratni, tozalanishni bildiradi. Sizdan endi har kuni tahorat qilish talab qilinmaydi, bir marta dilingiz-qalbingiz tahoratdan o`tishi kerak. Agar tanangiz pok bo`lsayu, lekin qalbingiz Xudoning oldida nopok bo`lsa bu nima foyda. Xudovand qalbimizning pokligini talab qilar ekan. Qalbimizni qanday poklay olar ekanmiz? Faqat Xudovandga bo`lgan Imon-ishonch orqali ekan. Gunoh uchun To`kilgan Qon orqali ayb yuvilar ekan.
Aytiladigan so`zlar ko`p, lekin gapni shu erda to`xatib hulosaga kelaylik.

Amerika yoki rivojlangan mamlakatlar hozirgi yurtdoshlarimiz uchun yerdagi "jannat" deb ko`rinadi, lekin haqiqiy hayot va jannat bu Xudo huzuridagi hayotdir, Osmon shohligidagi hayotdir. Osmon Shohligining fuqaroligini olish uchun Osmon Shohligi fuqarosi (Iso Masih), Samoviy Kuyov orqali ekan.

"Iso unga dedi: Men yo'l, haqiqat va hayotdirman. Mensiz hech kim Otaning oldiga borolmaydi" (Injil. Yuhanno 14:6)

"Rabbimiz ismini chaqiradigan har bir kishi najot topur" (Injil. Rimliklarga 10:13)

"Uni qabul qilganlarga esa, Barcha Uning nomiga imon keltirganlarga U Xudoning farzandi bo`lish iqtidorini berdi" (Injil. Yuhanno 1:12)

-O`zbek Cho`poni-

0 Comments:

Post a Comment

<< Home