HAYOT NONI

"Men Hayot Noniman...". Iso Masih. (Yuhanno 6:35)

Dun'yo O'zbeklari Uchun Hudo Hushxabari--Good News for Uzbeks Worldwide

7/15/2006

Kalomdan bir so`z

Zabur 61:1, 2
Siz uchun Kalomdan bir so`z
Iltijoimni eshit ey, Hudovand; ibodatimga quloq tut. Yerning oxiridan turib Seni chaqiraman, yuragim ojizlashib (quvvatsizlanib) borayotgan ekan Seni chaqiraman; men chiqa olmaydigan qoyaga O`zing meni olib chiq.


Ana shu so`zlar men uchun muhim bir ma’noga ega; bu so`zlar menga shaxsiy hayotimda qiyinchiliklar bo`layotgan paytda Muqaddas Ruh tomonidan ajoyib va ghayritabiiy yo'l bilan berildi. Men ranj-alamga yuz tutayotgan paytim edim va shunda rostdan ham Hudovandning buyuk to`lqinlari huddi mening qalbimdan o`tib borayotganday edi.

Men reaktiv samolyotda Qo`shma Shtatlardan Avstraliyaga uchib ketayotgan edim. Men Injilni ochib: “Yerning oxiridan turib Seni chaqiraman” degan misralarga duch keldim. Va men o`z-o`zimdan o`yladim, bu (qanday) ajoyib, chunki men aynan ana shu yer – yerning eng uzoq (olis) qismida, mana shu so`zlar yozilgan qismidaman. Va o`yladim, men nima uchun u yerga borayapman, Hudoning maqsadi nima? Va misralarni qayta o`qidim, “Yerning oxiridan turib Seni chaqiraman; Yuragim ojizlashib (quvvatsizlanib) borar ekan chaqiraman”. Va men anglab yetdimki, Hudo uzining tuganmas donoligida meni bu uzoq safarga boshqalarga shunchaki va’z aytish uchungina emas, balki men o`zim ibodatda vaqt o`tkazishim, Hudoning irodasini kutishim, yerning eng oxiridan turib Uni chaqirishim uchun olib borayotgan ekan. Va ana shunda hayotimda muhim bir hafta bo`ldiku, men ana shu paytda ko`p vaqtimni Hudoni chaqirish bilan o`tkazdim va ana shu yerda- yerning qarama-qarshi oxirida ibodat qilar ekanman, Hudo mening iltijoimni eshitdi, muammolarimni yechdi va menga yo`l ko`rsatdi.

Shunday ekan buni yodingizda tuting: Muhtojlik vaqtinngizda Hudoni chaqiring. – Derek Prince. (www.derekprince.org)

0 Comments:

Post a Comment

<< Home