HAYOT NONI

"Men Hayot Noniman...". Iso Masih. (Yuhanno 6:35)

Dun'yo O'zbeklari Uchun Hudo Hushxabari--Good News for Uzbeks Worldwide

7/27/2006

Sevgi

"Sevgi-agar men insonlarning va farishtalarning tillarida gapirsamu, lekin sevgim bo`lmasa, jaranglaydigan mis cholg`u, yangraydigan zang bo`lib qolaman. Agar bashoratgo`y bo`lsam, agar butun sirlardan voqif bo`lib, har qanday ilmni bilsam, tog`larni ko`chiradigan imonga ega bo`lsamu, lekin sevgim bo`lmasa, men hech narsa emasman. Agar butun yer-mulkimni taqsimlab bersam, hatto badanimni yondirishga topshirsamu lekin sevgim bo`lmasa menga hech foydasi yo'q. Sevgi sabrli va ko`ngilchandir. Sevgi hasad qilmas, kekkaymas, shishinmas. Sevgi beboshlik qilmas, hudbinlik qilmas, achchiqlanmas, kek saqlamas. Sevgi nohaqlikka sevinmas, aksincha, haqiqat ila shod bo`lur. Sevgi har narsani ko`tarar, har yo`lda ishonch hosil qilar, har sharoitda umid saqlar, har narsaga toqat qilar. Sevgi aslo ado bo`lmas".(Injil. I Korinfliklarga 13:1-8)

Endilikda bu uch narsa qoladi: ishonch, umid, sevgi. Sevgi esa eng a'losidir.(Injil. I Korinfliklarga 13:13)

2 Comments:

  • At 2:01 PM, Anonymous Anonymous said…

    Sevgi? U o`zi nima? Kopchilik bu savol berilganda insoniy muhabbatni, ikki inson munosabatini tushunadi.Keyin onaga muhabbat, vatanga bo`lgan sevgi va hakozo...ya'ni ijobiy ma'nodagi sevgi, insoniyatning samimiy mehr-muhabbatidan so`z boshlanib, kimlardir sevgi deb bilgan lekin aslida u oddiy o`tkinchi bir hirs-havas haqida ham fikr bildirishlari mumkin. Lekin eng avval o`zimizga shu savolni berib ko`raylik... Menda sevgi bormi? Menda qanday sevgi bor? Imonim sevgi bilanmi? Har bir ishimni sevgi bilan bajarayapmanmi?

    ...agar men insonlarning va farishtalarning tillarida gapirsamu, lekin sevgim bulmasa ,jaranglaydigan mis cholg'u, yangraydigan zang bo`lib qolaman...

    Ha, Hudo bu - sevgidir! Butun borliqni, insoniyatni yaratgan Rabbimiz, Yaratuvchi qodir Hudoning o`zi sevgidir. Ana shuning uchun ham, biz gunohkor insonlarga bo`lgan sevgisi tufayli ham U bizga Najotkor yubordi.
    Yuqorida yozganimdek, men ana shu savolni ozimga berdim... avvaliga bir necha daqiqa unga javob topolmadim. Men har bir ishimni sevgi bilan qilayapmanmi? Bu savoldan ham boshim qotdi. Javob esa "yoq". Ho`sh, nima uchun? nega? Sevgi qo`shiqlarini "Senga" deya kuylayman Rabbimga, "Ilk sevgi qo`shighini Isoga kuylaymiz.." deya jamoat ichra jo`shib kuylaymanu lekin nima uchun aslida shunday emas. Qilayotgan ishim, gapirayotgan gapimning mohiyatiga yetib-yetmay bajarayotganmidim, yashayotganmidim shuncha vaqt?! Nega Rabbim deya qarshisida tiz cho`kib gunohlarimda tavba qilgan Hudovandim mening hayotimda o`z sevgisini, ha, menga bo`lgan sevgisini namoyon qilgan, qilayotgan, Otajon deya oghir damlarda Unga qilgan iltijolarimga quloq tutib, ibodatlarimga javob berayotgan bo`lsa-da hamon Unga bo`lgan sevgimda qoqilaman?! U hayotimning mazmuniga aylanganu lekin nima uchun Uning nomini faqat oghir damlarimda aytib chaqiraman?

    ...Sevgi sabrli va ko`ngilchandir.

    Menda sevgi bor deb ayta olamanmi agar baazida sabr kosam tolsa, hammaga ham birday ko`ngilchanlik ko`rsata olmasam??

    Sevgi hasad qilmas, kekkaymas, shishinmas.

    Mendagi tuyg`u bu - sevgi deya ayta olamanmi agar oghir bo`lsa-da tan olsam baazan mag`rurlik hissi mendagi har narsani yengib ketsa???

    Sevgi beboshlik qilmas, hudbinlik qilmas, achchiqlanmas, kek saqlamas.

    Men ham insonman, menda ham yurak bor deb aytishga haqqim bormi agar baazida Hudovandning hayotim uchun iordasini anglay olmay, uni izlamay o`zboshimchalik bilan har narsani hal qilmoqchi bo`lsam, yoki Unga ibodat qilsamu lekin Uning qodir Hudo ekanligini aqlan tan ololmay, insoniylik aqlim, harakatim bilan muammolarimni hal qilish yo`lini o`zim qidirsam?

    Sevgi nohaqlikka sevinmas, aksincha, haqiqat ila shod bo'lur.

    U qanday sevgiki mendagi, baazida o`z foydam evaziga vijdonim qiynalsa-da hechqisi yo`q deb o`z-o`zimni ovutib, haqiqatdan yuz o`girib, nohaqlikka yo`l ochib bersam?

    Sevgi har narsani ko`tarar, har yo`lda ishonch hosil qilar, har sharoitda umid saqlar, har narsaga toqat qilar.

    Sevaman deb aytishim mumkinmi gar yuragimdagi unga bo`lgan ishonch hissiga shubha bulutlari soya solsa? Birgina insonga bo`lgan sevgim shunday bo`lsa Unga bo`lgan sevgim qanday bo`lar ekan? Sevaman, ishonaman desamu lekin baazan hech qanday sababsiz har kim, har narsadan rash qilishlarim to`ghrimi? Bu sevgimning haqiqiyligimi yoki aksi? Unga bo`lgan ishonchim, sevgim qanchalik agar ibodatimda har bir narsani ikki qo`llab Uning irodasiga topshirsamu lekin har qanday sharoitda umid saqlay bilmasam?!

    Sevgi aslo ado bo'lmas..

    Va nihoyat, qandayligidan qat'iy nazar bu sevgi abadiy qolarmikan? Yoki uning ham adoghi bormi?

    Menda sevgi "yoq" emas, bor, qachonlardir u yuragimda unib chiqqan, qachonligini aniq bilmadim, lekin u yashayapti. Sabr kosam to`lsa-da, umidim baazan turli vassvasalardan yo`qolsa-da, ishonchim uni qayta tiklay olayapti, necha martta qoqilsam shuncha martta o`rnimdan tura bilayapman. U hayotimda qilayotgan ishlardan, o`zgarishlardan, ibodatlarimga berayotgan javoblaridan hayratga to`lib-toshayapman. Yuragimda paydo bo`lgan sevgi hissi umid bilan, ishonch bilan, sabr-toqat, ko`ngilchanlik bilan o`sib kelayapti ancha vaqtdan beri. U meni imonimga qanot bag`ishlab, ajoyib bir olamda ajoyib orzu-umidlarga chorlayapti. U hayotimga mazmun bag`ishlab meni kun sayin o`zgartirayapti. Va yuragim shuni his qilib urayaptiki, bu sevgi Hudovanddan. Bu mening yana bir ibodatim, iltijoimga Uning javobi.
    Sevgidan iborat bo`lgan Hudovand O`zining sof sevgisidan menga ham ulashdi..

     
  • At 2:08 AM, Blogger Cho'pon said…

    Rahmat, o'zingizning fikrlaringizni bildirganingiz uchun. Ha haqiqatan ham Sevgi bu buyuk narsa. Sevgi uchun insonlar butun borlighini beradi, butun yuragi boshqa insonga mehr bilan to'ladi. Shuning uchun ham Hudo Injil va Tavrotda (birinchi amr)Hudovandingni butun yuraging, butun qalbing, butun kuching bilan sevgin va (ikkinchi amr)o'zgani o'zing kabi sevgin deyilgan. Balkim bugungi dunyodagi muammolar mana shu ikki amr buzilganligidandir. Biz Hudovandmiziga nissbatan sevgini yo'qotganmiz va o'zgani o'zimiz kabi sevmaymiz. Shuning uchun urush-janjal, yovuzlik dunyoda hukm surmoqda. Lekin biz hali boshi berk ko'chaga kirib qolganimizda Hudovandimiz bizga sevgisi tufayli o'zi bu dunyoga keldi, O'zininig Muqaddas Kalomini yubordi, Iso Masih tirik Muqaddas Kalomdir. U bizga haqiqiy sevgini, ilohiy sevgini ko'rsatdi.

     

Post a Comment

<< Home