HAYOT NONI

"Men Hayot Noniman...". Iso Masih. (Yuhanno 6:35)

Dun'yo O'zbeklari Uchun Hudo Hushxabari--Good News for Uzbeks Worldwide

11/04/2005

"Hayot Noni (Bread of Life)". Dr. F. J. May Voizligi


B.A., Janubiy Illinoys Universiteti, 1961
M.Div., Janubiy Baptist Teologik Seminariyasi, 1971
D.Min., Fuller Teologik Seminariyasi, 1989

Hayot Noni

Yuhanno 6:14-71
Bu matn “Men hayot noniman” degan tasdiq so`zlarini ta`riflaydi.

Kalomdan oyat – Yuhanno 6:35
“ Iso ularga shunday dedi “ Men hayot noniman; mening oldimga kelganlar hech qachon och bo`lmaydi va Menga ishonganlar hech qachon chanqamaydi”.

A. Yuhanno maktubi oltinchi bobning qisqacha tavsifi
Ushbu bob juda go`zal va ajoyib voqealar bilan boshlanib, juda achinarli haqiqat so`zlari bilan yakunlanadi. Bu bob ayollar va kichik bolalardan tashqari, minglab – besh ming odamning Rabbimizning huzurida to`planishi, Uni olqishlar bilan kutib Shox deb e’lon qilishlari bilan boshlanadi. Bobning oxirida o`n ikki shogirddan tashqari boshqa hamma tarqalib ketadi, va shogirdlardan bittasi iblisga xizmat qilishi bilan yakunlanadi. Har qanday ajoyib boshlangan narsa, har doim ham huddi shu tariqa yakunlanmaydi. Hamma narsa odamlarning Hudoning Kalomiga, Muqaddas Ruhga va Iso Masihning O`ziga qanday javob berishlariga bog`liq. Ushbu bob buyuk shifo ato etgan mo'jiza bilan yakunlanadi.

1. Masihning “Mendirman” degan so`zlari
Men sizlarga soz`imning boshida aytgan oyat, ushbu bobning yuragidir. Chunki keyingi boblarda aynan hayot noni bilan nima qilganlarini ko`rsatadi. Mening matnim Iso Masih Yuhanno maktubida yetti marta aytgan “mendirman” so`zi haqidadir va e’tibor bersak Iso ushbu aytgan so`zining orqasidan yana boshqa tasdiqlovchi gap aytadi, ya’ni U bosh so`zga ergash so`zni qo`shadi. U shunday dedi , “ Men nondirman, Men hayot nonidirman”. U yetti marta “Mendirman” degan ushbu iborani takrorlaydi, va yana boshqa vaqtlarda U ushbu iborani absolyut( ya’ni bundan boshqa hech narsa mavjud emas) mazmunida qo`llaydi. Agar ushbu so`zlarni bu dunyodagi boshqa biror odamning og`zidan chiqsa, U Hudoga shak keltirgan bo`lar edi. Lekin Iso bu so`zlarni ayta oladi va samo buni sharaflaydi va buning hammasi haqiqatdir. Huddi Ota kabi, Iso ham “ azaldan bor bo`lgan va abadiy “ Mendirman” deydi.
Shunday qilib, Iso bu yerda birinchi “ Mendirman” iborasini ishlatadi. “Men hayot nonidirman”, yohud “ Men cho`pondirman” yoki “Men qayta tirilish va hayotdirman”, va yana “ Men nurman” va h.k.

2 Fisix ( pasxa) bayrami
Ushbu bobning to`rtinchi oyatida Fisix bayrami haqida aytiladi. Yahudiylarning Fisix bayrami matn sahnasining orqasida turadi va ushbu sahna Yuhannoga ushbu bob voqealarini yorqinroq ta’riflashga va yozishda yordam beradi. Maktubning beshinchi bobidan o`ninchi bobigacha va har bir bobning asosida Yahudiylarning eng buyuk va muhim bayramlaridan birining nishonlanishi haqida ta’riflanadi.
Ushbu bobdagi ta’riflangan bayram Fisix bayramining nishonlanishidir. Navbatdagi boblarda Yahudilylarning Fisix bayrami suhbat, munozara, bahs va kurashishga o`tib ketadi. Aynan mana shu yerda, ushbu bob buyuk ozuqa beruvchi mo’jiza, matalning bajo kelishi – Iso Masihning Uni qabul qilganlarga non va hayot beruvchi buyuk qudrati va qobiliyatini ko`rsatadi.

3. Uch nonning o`giti.
Ushbu bobda eslatib o`tilgan uchta nonning mazmuni mavjuddir.
Birinchi non bu Fisix nonidir – ushbu non Isroil halqi Misrdan chiqqan kunining kechasida qilingan. Bu haqida aytuvchi boblar ko`rsatilgan. Keyingisi sahro mannasi – bu non Isroil xalqiga Xudo samodan yog`dirgan nondir. Bu haqida ushbu bobda eslatiladi, bu nonning ham o`giti va mazmuni mavjuddir.
Yana kelajakda, oxir zamondan keyin Masihiylarniy to`yida yeyiladigan non haqida fikr mavjuddir. Ya’ni biz Qo`zining Nikoh to`yida yeyiladigan nonga ko`z tutamiz.
Ushbu oltinchi bobda Yuhanno Rabbimizning shogirdlari bilan bo`lgan Qutlug` Kecha haqida ko`p yoritmasa ham, u bu kechaning ilohiy asoslarini aytib o`tadi, nonni bo`lish va tokli uzum sharbatini ichishdir.

4. Yuhanno maktubining maqsadi
Bu bob bizga Yuhanno maktubini yozishdan bo`lgan maqsadi haqida kengroq tushuncha beradi, chunki muallif bizga Fisix bayramida va bayram arafasida nimalar sodir bo`lishi haqida ta’riflab beradi. Barcha Yahudiy bayramlari hammasi Isoda bajo keldi va chetda qoldirildi, zero Yahudilaylarning barcha umid va kutishlari Iso Masihda topsin. Hayot, umid faqat Undadir va barcha olqishlarning markazi Udir, nafaqat Yahudiylar uchun balkim, butun dunyo xalqlari uchun hamdir. Xatto Yuhanno Yahudiylarning ma’badi buzilgan va ularning dini inqirozga yuz tutayotgan bo`lsa ham, hanuz uning Yahudiylarga qarata yozilgan maktubi shunday deydi “ Siz ma’bad buzilgandan afsuslanmang”. Ya’ni havoriy muallif “sizning diniy marosimlaringiz yo`qolganidan havotir olmang, chunki Iso Masih asrlar osha muqaddaslarning muqaddasi bo`lgan mehrobining sahnasiga qadam bosdi va aynan U Hudo butun olamda nima qilishi va kelajakda nima qilishining qutb nuqtasidir.
Ma’badning yo`qolishi bilan Inson hech narsani yo`qotmadi, chunki biz hali hanuz Hayot noni bo`lgan va samodan kelgan Iso Masihni olqishlay olamiz. Unga hamdu- sanolar bo`lsin!!!
Agar Yahudiylar yurakni larzaga soladigan ushbu maktubni o`qisa, nafaqat yahudiylar, balkim birinchi marta ushbu maktubni o`qigan ma’jusiy xalqlar ham, ularning yuragida qanday tinchlik paydo bo`lishini tasavvur qilaman. Quddusdagi Ma’bad buzilganda va Levit ruhoniylari butun dunyoga tarqalib ketgan bo`lsa ham, qayerda ikki yoki uch kishi Iso masihning nomi ila birgalikda yig`ilsa, o`sha yerda Uning nomi Ruhda va Haqiqatda olqishlanadi.

B. Xalqning oziqlanishi
Xalqqa non ato etilishi barchani larzaga soluvchi mo’jizadir. Ushbu mo’jiza orqali Iso haqiqatdan ham insonga hayot va non beruvchi, shuningdek samodan keluvchi ruhiy noni orqali abadiy hayot berishga qodir ekanligini namoyon qiladi. Keling ushbu mo’jizaga bir daqiqa to`xtalib o`tamiz.

1. Shogirdlarning munosabati
Kun kechga qarab botayotgandi va xalq to`plangan joy cho`l edi. Bu yerda tezkor harakatlar qilinishi haqida darak beradi. Son`gra biz shogirdlarning bunga munosabatini quyidagi soz`lari orqali “odamlarni uyiga qo`yib yubor, chunki bizda hech narsa yo`qdir”, namoyon bo`ladi. Bu juda ham achinarli holat, chunki tasavvur qiling agar jamoat zarur vaqtda “biz senga yordam bera olmaymiz”, deya biron bir odamni bo`sh qo`l va bo`sh yurak bilan qo`yib yuborsa?!

2. Filipning sinalishi
Keyin biz bu yerda Filipning sinalishini ko`ramiz. Iso O`zi nima qilishini bilar edi, lekin U sinash uchun so`radi “Bu odamlarni ovqatlantirish uchun qayerdan non sotib olamiz?” Filip tez o`ylab unda ikki yuz dinor borligini aytadi va shunday deydi “Bu ikki yuz dinor hammaga yetmaydiku?” Filip bu narsani oz`ining insoniy aqli va miyasidagi hisobi orqali hulosa qildi.
Bilasizmi, huddi shunday narsa odamlar Xushxabarni qabul qilishda, jamoat va Muqaddas Ruh haqida o`ylashadi. Agar ular biron narsani bilsa, balkim ular ishonadi deb oy`lashi mumkin. Garchand, ular bu narsalarni tushunsa, unda ularning ishonishiga yaxshi asos bor. Biroq men yana shu narsani sizga aytaman, Xudo siz uchun ko`p narsalarni qilishi mumkin, lekin siz buni hech qachon tushunmaysiz. Siz qutqarilish haqida hamma narsani anglashingiz shart emas. Eng muhimi Iso Masihga ishoning va imon orqali qutqariling. Siz Muqaddas Ruh va uning inomlari haqida Uni qabul qilish uchun hamma narsani bilishingiz shart emas. Siz Muqaddas Ruh bilan cho`mdirilib, Uning inomlarini ishlatishingiz mumkin, lekin barcha narsani butunlay tushuna olmaysiz. Ko`p odamlar bugungi kunda Pentakos - elliginchi kun haqida birinchi bilib, keyin uni qabul qilmoqchi bo`ladi. Lekin bu bunday qabul qilinmaydi. Siz faqatgina uni qabul qilib, Muqaddas Ruhning barakalari bilan shodlaning. Hudoga hamdu sanolar bo`lsin! Hudo O`zining yo`lini yuragingizga O`zi solsin va boshqalar bu narsani bilsin.
Filip ushbu yerda o`zining fikrlaridan bir xulosaga hali ham kela olmayapti. U butun hayoti davomidagi buyuk imkoniyatning bajo kelishiga qarshi bahonalar qidira boshladi.

3. Andriyning imoninig sustligi.
Andriy o`sha yerda edi va u o`zi bilan ozgina tushlik olib kelgan edi.U ham bu narsani qabul qila olmadi. Unda imon va umid uchquni past edi.U Isoning oldin qilgan mo’jizalarini ko`rgan edi, lekin bu safar uning imoni sust ekanligiga ushbu so`zlar dalolat beradi “ Mana ustoz, bu yerda ozgina tushlik bor, lekin buni bunday olomon o`rtasida qanday bo`lamiz?”
Aynan mana shunday o`ylar ko`p odamlarning imonini kesadi, qachonki biz o`zimizni komib qo`ymasak va “ Nima uchun men bu jamoatning da’vatlari bilan yuzma yuz turishim kerak?’ degan savollarni bermasak, ko`p buyuk narsalar sodir bo`ladi. Bizda salbiy o`ylash va ikkilanish bilan qarash odati mavjud, biroq, men sizlarga aytaman, Xudo bizga yaqin kelganda, U bizni ro`baro qilgan har qanday da’vatga biz yuzma yuz tik tura olamiz. Har qanday bizga qo`ygan javobgarlikni Uning shafqati ila bajara olamiz.
Hozir esa Iso shogirdlariga buyuryapti. Lekin Iso ularga boringlar, xalqqa ovqat beringlar, deganida shogirdlari bahona qidira boshladilar. Biroq Iso vaziyatni o`zgartirdi, shogirdlari unga bo`ysindi va mo’jiza yuz berdi.

4. Iso va baliq, va non
Keyin Iso nonni va baliqni olib, uchta harakatni amalga oshirdi: Birinchisi, U bu ne’matni barakaladi. U non va baliqni qo`lida ushlab turdi. U ularni qo`liga oldi va barakaladi. Men sizlarga aytaman, ko`p odamlar Xudo uchun buyuk narsalar qila oladi, faqatgina ular Iso Masihning qo`lida bo`lsa va Masih ularni barakalasa, ular buyuk mo’jizalarni amalga oshiradilar. Qanchalik biz o`zimizni Undan yiroqda tutsak, uzoqlashsak, biz Uning panohida boshqa bo`la olmaymiz. U bizni barakotlay olmaydi, va biz ko`p narsa qila olmaymiz. Lekin qachonki, biz o`zimizni unga bag`ishlasak, , bu qanchalik baraka keltirishini bilasizmi?
Hozirgi jamoatlarning nima uchun barakadan va barakani qabul qilishdan qo`rqishiga nima sabab? Chunki ular barakadan keyin keladigan narsadan chekinishadi. Iso nonushtani barakalgandan son`g, u nonni sindirdi. Ko`p baraka olib, keyin hayotida sindirilgan insonlar osmon shoxligida katta qadrga ega.
So`ngra, U barakalangan non va baliqni xalqning oziqlanishi uchun tarqatishni buyurdi. Hamma bundan qoniqdi. Hamma ovqatga to`ydi. Hattoki, ko`p savatlarda non oshib qoldi, chunki Iso ularga oshig`i bilan berdi. Bu narsa Yuhanno maktubidagi ushbu so`zlarga dalolatdir “ Iso hayot ato etadi va ortig`i bilan beradi.
U yaratgan har qanday mo’jizaning orqasida hali ko`p va buyuk kuch - qudrat saqlanadi. Har safar u bitta qalbni qutqarsa, bu bitta qalbning ketidan boshqa minglab qalblar qutqariladi. Har safar u shifo berganda U O`zining shifo berish kuchidan faqatgina ozginasini qo`llaydi. U hech qachon shifo berishdan va barakalashdan charchamaydi. Bu narsa Hudo shafqatining ortig`i bilan ko`p ekanligidan guvohlik beradi. Hudoning barakasi, so`zsiz shodligi va shuhrati cheksizdir. Qachonki biz Uning barakasini his qilsak, , biz huddi Sha’ab Malikasi aytganidek “ hali yarmisi ham aytilmadi” deymiz.

5. Kichik bolaning tetik imoni
Men bu bolaning uyiga bir nechta non va baliq bilan toshib to`ldirilgan savat bilan uyiga qaytib borishini tasavvur qilaman. U o`zining ulushini oldi deb o`ylayman. Tasavvur qilaman, Filipning achinishini va balkim shunday soz`larni aytishini: “O`ylab qara, bir necha daqiqa oldin, Rabbim menga huddi shu ulushni taklif qilgandi, men esa bundan yuz o`girdim.
Xuddi shunday, boshqa kichik bolalarning yoki ruhan kambag`al bo`lganlar, lekin Xudoning Amriga bo`ysungan insonlar orqali Xudo buyuk narsalar va mo’jizalar yaratganda, oramizdagi nechtamiz ularga qarab, yuragimiz alam qilib: “Men ham shu narsani qila olardimku, men ham o`sha yerda bo`la olardimku, Meni Xudo chaqirgan edi. Menga bu narsani bajarishga imkoniyat bergandiku!” deya afsuslanganmiz?
Har qanday holatda ham, men sizlarga aytmoqchiman, Xudo sizlarga biron bir narsani taklif qilganda va buning amalga oshishiga ishonish qiyin bo`lsa ham, Undan yuz o`girmang. Faqatgina Unga “Yaxshi, Rabbim, Men o`zimni va o`zimda bor bo`lgan barcha narsani sening qo`lingga topshiraman. Meni barakalagin, sindirgin va Meni O`zing xohlagan yo`llarda ishlatgin. Men O`zimni senga bag`ishlayman”.
Bu yuqoridagi hikoyadan siz Iso Masihning qudratli kuchining harakat qilishi va tirik nonning-Hayot Nonining samodan or`tig`i bilan kelishini ko`rasiz.