HAYOT NONI

"Men Hayot Noniman...". Iso Masih. (Yuhanno 6:35)

Dun'yo O'zbeklari Uchun Hudo Hushxabari--Good News for Uzbeks Worldwide

10/24/2005

Iso Masih Haqida

Iso Masih Hayoti Iso Filmi Bo`yicha Audio


Eshitishda Muammo bo`lsa Quyidagi Linkni Bosing:
http://www.inspirationalfilms.com/av/soj/a03888.ram

Courtesy of
http://www.inspirationalfilms.com
Inspirational Films™PO Box 72007,
San Clemente, CA 92674-2007.

10/18/2005

Hudovandi Karim Bizga Yaqin....
Ey jonim, Hudovandni olqishla!
Uning muqaddas ismini olqishlang,
ey, butun azoyi badanim!
Ey jonim, Hudovandni olqishlagin,
Unutma Uning biron-bir ehsonini!
U butun ayb-gunohlaringni kechirar,
Barcha xastaliklaringga davo topar;
Hayotingni go`r azobidan qutqarar,
Boshingga inoyat marhamat tojin taqar
Ko`nglingni ne'matlar bilan qondirar,
Yoshliging kuchini burgut kuchiday yangilar.
Hudovand adolatli hukm chiqarar
Barcha ezilganlar huquqini himoya qilar.
Dovud Payg`ambar Zaburi. Sano 102

Men o`zimning ehtiyojim va muammolarim bor. Men hayotda maqsadim bo`lishni hohlayman. Men kundalik hayotda yo`nalish va mazmun bo`lishni
xohlayman. Bir hil paytlar biz o`zimizdagi kamchiliklar va xatolarimiz tufaili har hil muammolarga mubtalo bo`lamiz va Xudovanddan hafa bo`lamiz. Biz
o`zimizni Xudovanddan uzoqday sezamis. Lekin Muqaddas Kitob boshqa narsa deydi. Biz Yaratuvchimiz Xudovanddan uzoqda emasmiz.
Xudovand bizning yaratuvchimiz. U eru olamni yaratgan. U
Zot bizning ruhimizning egasi. Har bir inson Uni oldida ohiratda javob beradi. Xudovand Ruhdir va butun olamni to`ldirib turadi. Shuning uchun U bizdan
uzoq deb oylashimiz no`tog`ri. Iso Masih aytishicha, Xudovand buyuk mehr-shafqatga ega Osmondagi Buyuk Otamiz, U yahshi va yomonning ustiga quyosh
yoritib turibdi va ularning nasibasini beruvchidir. Xudoning nazari doim dunyoda. Uning nazaridan holi hech narsa bo`lmaydi. Butun tabiat qonunlari,
farishtalar va xattoki yovuz ruhlar ham Uning hokimiyatiga bo`ysunadi.Muqaddas Kitob aytishi bo`yicha, Xudo Insonni yaratdi va o`z yaratgan dunyosi ustidan Odamni hokim qilib qo`ydi. Xudovand Jannat Bog`ida Odam bilan O`z huzurida
muloqotda bo`ldi. Xudovand Insonni erkin irodali jon qilb yaratdi. Inson hayvon emas,(evolyutsiya teoriyasi inson va hayvonot olami bir joydan boshlangan
deyishadi-bu noto`g`ri). Xudovand Insonni O`z tabiatiga yaqin qilib yaratdi. Xudovand insonni O`zi bilan muloqot qilish va munosabati uchun yaratdi. Bu
qanday sharaf biz insonlar uchun, Buyuk Yaratuvchi bilan muloqotda bo`lish in'omi. Bu Xudovandning bizga bo`lgan inoyatini bildiradi. Muqaddas Kitob
aytadaki, birinchi inson, Odam Ato va Momo Havo, bu munosabatni yo`qotishdi. Ular yovuzlik kuchi, Shaytonning vasvasasiga inonib, Xudo amrini buzishadi
va shu bilan Xudo va Inson o`rtasida katta ajralish yuz beradi. Xudovand Insonni o`z huzuridan van inson uchun yaratgan qarorgohdan uni quvib chiqaradi.
Lekin Xudovand mehr-shavqati tufayli inson bilan aloqani uzmadi. Asrlar davomida Xudovand O`zini insonlarga bildirib keldi. Lekin Xudovand ba'zi bir solih
insonlar bilan maxsus munosobatda bo`lib keldi. Xudovand va Odam Ato, Xudovand va Nuh, Xudovand va Ibrohim. Ibrohim Xudovand bilan shunchalik
yaqin munosabatda ediki, U Xudo do`sti degan nomga erishdi. Xudovand Ibrohimga buyuk va'dalar berdi. Unga ilohiy va'da orqali yuz yoshga to`lganida
mo'jiza orqali Is'hoq ismli og`il berdi. Keyinchalik Xudovand Yoqub Payg`ambar bilan munosabatini davom ettirdi. Xudovand Yoqubning ismini Isroil deb
o`zgartirdi.KeyinchalikYoqubdan buyuk bir qabila Yahudiy millati kelib chiqdi. Yahudiylar 4oo yil Misrda qullikka tushib qolishdi. Lekin Xudovand Yoqub (Isroil) bilan
bo`lgan munosabatini esladi. Xudovand Muso payg`ambarga zohir bo`ldi, va o`z xalqini Misrdan qullikdan qutqarish vazifasini Musoga topshirdi. Muso
Xudovandning buyuk qudrati bilan Misr faraoniga mo'jizalar korsatdi. Faraonning qarshiligiga qaramay Muso Xudo qidrati bilan Ibrohim avlodi va Yoqub
Pyg`ambarninng avlodini Misrdan olib chiqib ketdi. Xudovand Muso va Isroil bilan yangi bir ahd tuzdi va Isroilga O`z Qonunlarinii berdi. Xudovand Isroilni
kunduzi Bulut soyasi tagida , kechasi Olov yorug`ligida olib yurdi. Xudovand o`z xalqiga yangi yer berishga qaror qildi. Ana shu Yangi Yer Misrga yaqin
masofada edi. Lekin Isroilning Xudoga tobesizligi va bevafoligi tufayli Xudovand Isroilni 40 yil Misr cho`lida olib yurdi. Misrdan chiqqan birinchi avlod hayotdan o`tib ketdi, ularning farzandlari Xudo va'da qilgan Yangi yerga kirishga muyassar bo`lishdi. Davomi bor.
-Cho`pon-
Parvardigorimiz Bor Qoshig`ini Eshiting

10/14/2005

Foto: www.bigfoto.com

Osmonda Bo`lgani Kabi Yerda Ham Sening Irodang Bo`lsin (Matto 6:10)

Quyidagi Oyatlardan sizga bo`lgan Xudovandning irodasini nima ekanligini aytingchi:

... Rabbingizning irodasi qanday ekanini anglab olinglar. (Ef.5:17)


...Osmondagi Otangiz bu kichiklardan birining ham halok bo`lishini istamaydi. (Mat. 18:14)


Xudoning irodasi shu: Muqaddas bo`linglar. Zinodan o`zingizni saqlanglar. (1 Sal.4:3)


Endi bu badanda yashash uchun qolgan vaqtingizni boshqa odamlarday nafsingizni o`ylab emas, balki Xudoning irodasini o`ylab o`tkazinglar. (1 Butrus 4:2)


Xudo haqiqat kalomi orqali bizga hayot bag`ishladi, chunki O`z yaratganlari orasida birinchi o`rinni egallashimizni xohladi. (Yoqub 1:18)


Xudo:"Muqaddas Bo`linglar, zero Men Muqaddasman", deb aytgani yozilgan. (1 Butrus 1:16)


[Iso dedi:]-Mana, Mening onam va ukalarim! Kimda-kim Xudoning irodasini bajo keltirsa, U mening ukam, singlim, onam bo'ladi" (Mark 3:34-35)


"Endi kim Mening bu so`zlarimni eshitib, ularni bajo keltirsa, uni o`z uyini tosh ustiga qurgan farosatli odamga o`xshataman." (Matto 7:24-25)


Dunyo ham, uning nafsi ham o`tib ketadi. Lekin Xudoning irodasini bajo keltirgan kishi abadiy yashaydi.

(1 Yuhanno 2:17)

Xudoning xohishini bilish osonday tuyilishi mumkin, lekin Xudo Irodasini (Xohishini) bajarishga kelganda bizda ichki kurashuv bo`ladi.

-Ann Grem Loz -

Manbaa: Anne Garaham Lotze. Daily Light Journal. Countryman, a Division of Thomas Nelson Inc. Nashville TN USA. 2000. Cho`pon tarjimasi. 2005

10/13/2005

Xudoning irodasi

Biz Xudoning irodasini turli yo`llar orqali bilsak bo`ladi.
1. Avvalam bor, biz Uning irodasini Muqaddas Kalom orqali bilsak bo`ladi.
2. Ikkinchidan, Iso Masihning hayoti va bajargan ishlari orqali bilamiz.
3. Bundan tashqari Muqaddas Ruh ham bizga Uning irodasini bildiradi.
Albatta, Xudoning irodasi imonga kelgan va kelmaganlar uchun turli xil bo`ladi. Biroq, biz ushbu maqolada faqatgina masihiy insonlar qanday qilib Xudoning irodasini topishlari haqida so`zlashamiz.

Kundalik hayotda Uning irodasini bilishimiz uchun inson bajarishi kerak bo`lgan ishlar bor; shu bilan birga Xudo O`z tominidan ham ayrim narsalarni bajaradi yoki allaqachon bajargan bo`ladi.

Nimalarni inson qilishi kerak:
Birinchi navbatda masihiy odam o`zining tanasini tirik qurbon sifatida Xudoga topshirishi kerak. Shu bilan birga, bu dunyoga moslashmasdan, balki ongining yangilanishi orqali tubdan o`zgarishi kerak va shu orqali inson Xudovandning ezgu, ma’qul va komil irodasini biladi, taniydi va his qiladi (Rimliklarga 12:1-2).

Oyatlar [Oyatlar Sharhi]:
Matto 12:50
Otaning irodasini bajargan kishi, Isoning yaqini bo`ladi.
Matto 18:14
Ota odamlarning o`lishini istamaydi.
Matto 21:28-31
Otaning irodasini so`zda emas, balki amalda bajarish kerak.
Luqo 2:13-14
Isoning tug`ilganida insonlarga Xudoning xush irodasi namoyon bo`ldi.
Yuhanno 1:11-13
Isoga ishongan kishi Xudoning irodasi bilan qaytadan tug`iladi.
Yuhanno 4:31-34
Iso ovqat emasa ham, Xudoning irodasini bajarish orqali, qonoat hosil qilar edi.
Yuhanno 5:30
Iso O`zi xech narsa qila olmas edi, balki Xudoning irodasi bilan hamma narsalarni qilar va gapirar edi.
Yuhanno 6:37-46
Iso erga Otasining irodasini bajarish uchun keldi.
Yuhanno 7:17
Xudoning irodasini chindan ham bajarmoqchi bo`lgan kishi, shu iroda bajarganda Isoning ta’limoti Xudodan ekanligini biladi.
Yuhanno 8:36-47
Isoga ishonmaydigan kishilar shayton irodasini bajaradilar.
Yuhanno 10:27
Isoga ishongan kishi Uning ovozini eshitadi va Unga ergashadi.
Yuhanno 16:7-14

Yuhanno 10 chi butun bobini o`qishni tavsiya qilaman.

Muqaddas Ruh bizni etaklaydi va kerakli narsalarni o`rgatadi.
Rimliklarga 12:1-2
Xudoning irodasini qanday bilsa bo`ladi.
Efesliklar 1:5-14
Xudoning irodasi insonni najot topishidir.
Efesliklar 5:17
Muqaddas Kalom bizga Xudoning irodasini bilgin, deb amr qiladi.
Kolosaliklar 1:7-13
Biz Xudoning irodasini bilishimiz uchun ibodat qilish kerak.
1-Salonikaliklarga 4:1-8
Imonli kishining muqaddas bo`lishi Xudoning irodasidir.
1-Salonikaliklarga 5:18
Har qanday vaziyatda Xudoga shukr qilish kerak.
1 Timo`tiy 2:1-4
Hamma odamlar najot topishi Xudoning irodasidir.
Yoqub 1:16
Xudo kalomi bilan bizni barpo qildi.
1 Butrus 2:13-15
Imonli kishi ezgu (savobli) ishlarni qilishi ham Xudoning irodasidir.
1 Butrus 4:1-3
Ilgari biz majusiylar irodasi bo`yicha yashagan edik, endilikda esa biz Xudoning irodasiga binoan yashaymiz.
1 Yuhanno 2:17
Xudoning irodasini bajaradigan kishi to abad yashaydi.
1 Yuhanno 5:13-14
Biz Xudoning irodasi bo`yicha nimaiki so`ramasak, U bizga shu narsalarni beradi.
"Bob Oriental" O`zbek

10/12/2005

Samoviy Kuyov Kim?


(Yuqoridagi Rasm Shu erdan olindi:
www.silkroadandbeyond.co.uk/images/360_uzbekistan_0027.jpg)


Nima uchun odamlar Iso Masihni Yagona qutqaruvchi deb hisoblashadi? Nima uchun U boshqa payg`ambarlarga o`xhsab go`rda emas balkim qayta tirilib Arshi A`loning huzuriga ko`tarilgan? Nima uchun Iso o`zini kelajakda keluvchi samoviy kuyov deb aytgan?

Yaqinda Amerikada muhojirlikda yurgan O`zbeklar haqida o`qib qoldim. Qiynalganlar va O`z yo`lini topib ketganlar ham bor ekan. Ba'zilar Amerikada qolish uchun har qunday usuldan foydalanishayotgan ekan. O`z yurtida ayoli va bolalari bor kishilar pul orqali soxta nikohdan o`tishmoqda. Sevganiga bergan va'dasini buzib, yosh qizlar birinchi uchragan, otgan ketgan amerikalik yigitlarga turmushga chiqishni izlashayapti. Albatta bu yetishmovchilikdan va yurtimizdagi qiyinchiliklar insonlarni har hil yo`llar izlashga majbur etmoqda. Men bu aytganlarim bilan hech kimni hukm qilmoqchi emasman. Balkim shu orqali Samoviy sirni sizga tushuntirmoqchiman. Bu misoldan ko`rayapmizki, biron bir mamlakatning fuqarosi bilan bo`lgan nikoh orqali fuqarosiz bo`lgan kishiga fuqarolik berilishi mumkin ekan. Inson o`z jonini o`ylaydi, hayotini yaxshilash niyatida yurar ekan.

Xuddi shunday Iso bilan ham.
U Samodan Arshi Aolodan kelgan Xudoning So`zidir. Unda Xudo Ruhi, Muqaddas Ruh yashadi. U osmondan keldi va Xudo Xohishini bajarib yana Osmonga ko`tarildi. Iso va o`sha paytdagi yahudiy din arboblari ortasida bo`lgan tortishuvda, Iso o`zining samodan, Xudoning huzuridan kelganligini aytadi. Shunda yahudiy din arboblari uni shakkoklikda ayblashadi: Iso o`zini Xudo bilan tenglashtirayapti deb. Iso yahudiylar tomonidan asrga olinib Rim hokimiyatining sudiga topshiriladi. O`sha paytda Isroilni boshqaroyotgan Rimlik hokim Pilat Iso bilan bahslashib undan hech ayb topa olmaydi. Pilat tushinib qoladiki, yahudiy din arboblari Isoning xalq orasida mashhur bo`lib ketayotganligini ko`ra olmaslikdan shu ishlarni qilayotganligini. Pilat Undan sen Shohmisan deb soraganda, Iso shoh ekanligini aytadi, lekin Uning shohhligi erda emas balkim Osmonda ekanligini aytadi.

Muqaddas Kitob ko`rsatadaki Iso kelajakda keluvchi buyuk Shohdir. Uning oldida hamma qabilayu xalqlar tiz cho`kadi. Yaratuvchimiz Unga hamma hokimyatni berdi va Iso Masihni o`lik va tiriklarni hukmlovhi Odil Hakam etib tayinladi.

Xosh Iso shoh ekan, Xudovandning Osmon shohligi bor ekan. Qanday qilib biz U shohlikka kira olamiz. Hazrati Iso Masih aytishilari bo`yicha bu Osmon Shohlikka hozirdanoq bu erdagi hayotmizda kirishimiz mumkin ekan. Iso o`zini Yaratuvchi Otamizga olib boruvchi yo`l va haqiqat deb atagan. Amerikadagi O`zbeklar qanday uylanish orqali fuqarolik olishsa, shunday qilib Insonlar Iso Masihga "uylanish" orqali yani hayotini U uchun bag`ishlash orqali Osmon Shohligiga kirishi mumkin ekan. Lekin Amerika fuqarologi va Osmon Shohligining fuqaroligini olish orasida katta farq bor. Fuqarolikni olishda kishilar har xil hiyla-nayrang ishlatishadi. Fuqarolik insonni tubdan o`zgartirmaydi, balkim bu narsa unga moddiy to`kin-sochinlik yoki imkoniyatlar olib kelish mumkin. Lekin Osmon Shohligiga kirish uchun hiyla-nayrang ishlatib bo`lmaydi. Iso Masih aytganday, agar Inson Ruh va Suvdan qayta tug`ilmasa Inson Osmon shohligiga kira olmaydi.

Xo`sh bu qayta tug`ilish nima o`zi? Inson Xudo Xushxabarini, ya'ni Xudo Iso Masih orqali Insoniyatga gunohlarni kechirim ato etishini va abadiy hayot va'da etishini eshitganda, inson birinchi bo`lib gunohlaridan chin yurakdan tovba qilishi kerak. Shundan kiyin Iso uning gunohlari uchun keltirilgan qurbonlik ekanligiga iqror bo`ilishi kerak. So`ngra insonlar va Osmon guvohligi uchun, belgi siatida suvda cho`mishi kerak.

Suv tahoratni, tozalanishni bildiradi. Sizdan endi har kuni tahorat qilish talab qilinmaydi, bir marta dilingiz-qalbingiz tahoratdan o`tishi kerak. Agar tanangiz pok bo`lsayu, lekin qalbingiz Xudoning oldida nopok bo`lsa bu nima foyda. Xudovand qalbimizning pokligini talab qilar ekan. Qalbimizni qanday poklay olar ekanmiz? Faqat Xudovandga bo`lgan Imon-ishonch orqali ekan. Gunoh uchun To`kilgan Qon orqali ayb yuvilar ekan.
Aytiladigan so`zlar ko`p, lekin gapni shu erda to`xatib hulosaga kelaylik.

Amerika yoki rivojlangan mamlakatlar hozirgi yurtdoshlarimiz uchun yerdagi "jannat" deb ko`rinadi, lekin haqiqiy hayot va jannat bu Xudo huzuridagi hayotdir, Osmon shohligidagi hayotdir. Osmon Shohligining fuqaroligini olish uchun Osmon Shohligi fuqarosi (Iso Masih), Samoviy Kuyov orqali ekan.

"Iso unga dedi: Men yo'l, haqiqat va hayotdirman. Mensiz hech kim Otaning oldiga borolmaydi" (Injil. Yuhanno 14:6)

"Rabbimiz ismini chaqiradigan har bir kishi najot topur" (Injil. Rimliklarga 10:13)

"Uni qabul qilganlarga esa, Barcha Uning nomiga imon keltirganlarga U Xudoning farzandi bo`lish iqtidorini berdi" (Injil. Yuhanno 1:12)

-O`zbek Cho`poni-

10/09/2005

HIKOYA
(Inglizchada Tomosha Qilish Uchun Rasmni Bosing.
Ovozni Eshitish Uchun Karnaylarni (Spiker) Ishlating.
Flash Format)

(Foto: http://www.heavenisopen.com)

10/06/2005

Injilu Sharifdan Parcha.
"...Chunki Xudoning Noni osmondan tushadi va dunyoga hayot beradi".
Shunda ular unga deyishdi, "Hazrat, bizga shunday nonni doim bergin."
Iso ularga dedi, "Men hayot noniman; kim menga kelsa, hech qachon och qolmaydi va menga ishongan hech qachon chanqamaydi".
(Yuhanno 6:33-35)

10/04/2005

Yerdagi Hayotimiz Vaqtinchalik Soyadir, Xudo Beradigan Hayot Abadiydir

Men O`tgan yili Amerikaning bir shahriga bordim. Men musiqa do`konida qanday qo`shiq olay deb yurganimda, do`stalarim bitta CD ni menga rosa maqtashdi va meni jon-holimga qo`ymasdan Misty Edward degan bir ashulachining al'bomini menga oldirishdi. Birinchi marta eshitganimda ashula menga yoqmadi.Uyga kelganda bir necha marta eshitdim. O`sha paytlar shaxsiy hayotimda katta o`zgarishlar bo`layotgandi, quvonchli va og`ir paytlar. Shunda men bu sotib olgan ashula CD sini har kuni eshita boshladim, va chuqur ma'nosiga yeta boshladim. Bir necha haftadan keyin men oldingi borgan shaharga yana bordim. Do`stalrim bilan ibodatxonaga kirganimda qulog`imga tanish musiqa eshitila boshladi. Ibodatxonada voizlikdan oldin bir yosh qiz Xudoga hamdu sanolar aytib qo`shiq aytatyotgan ekan. Men juda ham hayron qoldim, shunchalik yosh qizdan qanday qilib bunday dono ashula kelayotganligidan. Keyin u qiz ashulasini tugatib sahnadan tushdi va zalning orqasidagi eshik tomon yurib ketdi. Shu mahal men bu qizning oqsayotganini ko`rib qoldim. Juda attang, shunday yosh jozibali imonli qiz oqsasa deb o`yladim. Keyin do`stlarim aytib qolishdi, o`sha qiz yoshligidan oyog`ida rak kasalligi paydo bo`lgan ekan. Bir necha yil oldin shu qiz maktabni tugatib, bu ibodatxonaga kelib yashayotgan ekan. U turmush qurishdan umidini uzib, butun umrini Xudovandga bag`ishlashga ahd qilibdi. O`shandan beri faqat ibodat va qo`shiq aytib yurar ekan. Keyinchalik uning ashulalari asta sekini Amerika va boshqa mamlakatlarga tarqala boshladi, va shu yosh qiz mashhur voizxonlar bilan mamlakat bo`ylab aylanib Xudoning ulug`lugini voiz qilib yuribdi. Haqiqatn ham Xudovand Unga sodiq bo`lganlarni barokotlaydi. Unga ishongan inson hech qachon uyalib qolmaydi. Xudovandga hamdu sanolar bo`lsin.
Quyidagi ashula menga yoqqan ashulalardan biridir.

Bu Faqat Soya Xolos

("Only A Shadow" by Misty Edwards)

/Oxirgi zamonda Haqiqat uchun shahidlik haqida ibodat/

[Rabbim] Sen mening kuchim bo`lasan
Sen mening qo`shig`im bo`lasan
Sen mening chiroghim bo`lasan
Butun Qorong`u Tun bo`yi.

Qo`ziga Sanolar bo`lsin!

Seni Yaratgan Xudovand shunday deydi
Seni Onangning qornida yaratgan Zot shunday deydi
"Men seni isming bilan chaqirdim
Va sen Menikisan
Ha, Sen Menikisan

Suvlar orasidan o`tganingda
Men sen bilan bo`laman
Daryolar orasida yurganingda

Ular seni ko`mib yubormaydi

Olov orasida yurganingda
sen kuymaysan
Sen Menikisan

Men Sening Xudovandingman, Isroilning Muqaddas ishongani
Sen mening ko`zimda qimmatbahosan
Qo`rqma, Men sen bilan bo`laman
Sen Menikisan"

Men sening Guvohing bo`lmoqchiman Rabbim ohirigacha
Bilaman nima uchun kelganman
Bilaman Qaerga ketayapman
Mening Otam Xudovanddir

Mening Yaratuvchim Mening Xo`jayininm
Abadiyat mening uyimdir
Uning ismi mening peshonamda yozilgan
Mening ismim Uning qo`lida yozilgan
U menkidir va Men Unikiman
Shunday ekan, mana ol tanamni [Sen Yovuz Dushmanim]
Sina, Sinagin xohlaganingcha
Lekin mening jonimni U [Xudovand] saqlaydi
Mening Jonimni U saqlaydi
O`lim vodiysi soyasida yursam ham
U mening Cho`ponimdir
Ha, U mening Cho`ponimdir

Men Sevgilimnikiman, Sevgilim Menikidir
Men chindan ham Uni sevaman, O`lim vodiysida yursam ham

Vodiyda [O`lim Vodiysida] yursam ham
Bu faqat soyadir
Mening Tanam yo`q bo`lib ketsa ham
Bu faqat Soyadir xolos.

Tinglang




10/02/2005

Munosabatlar
Nima uchun insonlar o`zaro munosabatida bir xil xatolarni qayta va qayta qaytarishadi? Insonlar o`rtasida bo`luvchi munosabatga Xuodovandning qonuniyati qanday? Agar bu qonuniyat buzilsa nimalar bo`ladi? Bu haqida Chikagoning Moody Jamoati voizxoni Doktor Erwin Lutzerning va'zini eshiting. Va'z ingliz tilida. Talablarga qarab keyinchalik O`zbek tiliga tarjima qilinadi. Eshituvda biroz ashula va musiqa bo`ladi, uni o`tkazib yuborish uchun >[Next Tugmasini bosing voizxonni eshitish uchun. Yoki Tugmani 18:38 ga Suring.

Shu erni bosing