HAYOT NONI

"Men Hayot Noniman...". Iso Masih. (Yuhanno 6:35)

Dun'yo O'zbeklari Uchun Hudo Hushxabari--Good News for Uzbeks Worldwide

10/05/2006

Haqiqiy Boylik


Karl ismli bir boy odam bo`lib, u u o`zining katta yer maydonlarida otda aylanib, o`z-o`zini boyliklari uchun maqtab yurishni yaxshi ko`rarkan. Bir kuni mana shunday sayrlaridan birida u tushlik qilish uchun ulkan eman daraxtining soyasida o`tirgan Hans ismli ijarachi fermerni uchratib qolibdi.

Hans boshi egik holda ibodat qilayotgan edi. U boshini kotarib qaragach:
-“Voy, kechirasiz janob, men sizni ko`rmay qolibman. Men Taolloga ovqatim uchun shukrona aytayotgan edim",-debdi.

-“Hmmm,” – deya jirkangancha Karl, qariyaning qop-qora non va pishloqdan iborat bo`lgan tushligiga e’tibor berarkan. Va davom etib:
-“Agar mening yeyish uchun bor ovqatim shular bo`lganda edi, menimcha shukrona aytmagan bo`lardim”.

-“Oh”,- deb javob qaytardi Hans,
“Bu emishim menga yetarli. Lekin bugun sizni ko’rishim qanday ajablanarli, janob. Men…..men….sizga bu haqida aytishim kerak, men bugun ertalab uyg`onishimdan oldin bir g`alati tush ko`rdim.”

-“Ho`sh, nima kording tushingda?”, - deb so`rabdi Karl istehzoli kulgi bilan.

Karl:
-“Hammayoqda osoyishtalik va go`zallik hukmron edi va birdan vodiydagi eng boy odam bugun tunda o`ladi ” degan ovoz eshitdim."

“Tushda! Bo`lmagan gap!",-deb otini chopirtirib ketib qolibdi.

-“Hudovandim, unga shavqat qil, agar u rostdan ham yaqinda o`ladigan bo`lsa”,
deganicha ko`zdan g`oyib bo`layotgan ot va otliq ortidan qarab qolgancha ibodat qilibdi Hans.

Bugun tunda o`lish” Karl bu haqida ancha o’ylana boshlabdi:
-“Bu bema'nilikku albatta. Yuragimning hovliqishiga hojat yo`q, eng yaxshisi qariyaning tushini esdan chiqarish”,-deb o’ziga taskin bera boshlabdi Karl.

Lekin Karl bu haqida unutolmadi. Fermer Hans tushuni tariflab bergunga qadar u o`zini yaxshi his qilayotgan edi. Endi esa u o`zini g`alati seza boshlabdi.

O`sha tunda u o`zining yaqin do’sti bo’lgan shifokorga qo`ngiroq qilib:
-“Bir kelib keta olasanmi, meni senga bitta gapim bor”,- debdi.

Shifokor yetib kelgach, Karl unga butun bo`lgan voqeani aytib berdi.
-“Menga bu yaxshi cho`pchakka o`xshayapti, lekin seni tinchlantirish uchun sog`lig`ingni bir tekshiray”,- dedi shifokor.

Biroz o`tib, soglighini tekshirib bo`lgach, shifokor to`liq ishonch bilan unga debdi:
-“Karl, sen otdaysan (soppa-sog`san). Bugun tunda o`lishing bo`lmagan gap”.
Bir qariyaning tushiga ishonib hafa bo`lishi qanday ahmoqlik ekanligini gapirib, Karl do`stiga raxmat aytib kuzatib qo`yibdi.

Ertalab soat 9:00 da xabarchi Karl ning uyiga kelib:
-“Qariya Hans kecha tunda uyqusida olamdan o’tdi”,-debdi.

(Bu hikoya Henry Gariepy yozmasidan olindi-(Henry Gariepy, Portraits of Perseverance).

Ma'nosi: Hikoyada eng boy odam Karl emas edi, lekin qariya Hans Hudo nazarida eng boy inson edi va u Hudoning huzuriga tinchlik bilan ketdi.

“Biz ko`pchilik boylik deb biladigan boylik bilan haqiqiy boylikni farqlay bilishimiz kerak. Pul, davlat, havfsizlik bu haqiqiy boylik emas. Yaltirayotgan ana shu narsalar bir kuni changga aylanadi, qo`limizda kulga o`xshab yoq bo`ladi. Haqiqiy boylik bular: sevgi, tinchlik, imon, hizmat, donolik…Hudo bizning haqiqiy boyligimiz” -Henry Gariepy

Iso Masihning imonlilar uchun ta’kidi shunday: “Bu dunyoda kuya va zang yeb ketadigan hamda o`g`ri tushib talaydigan hazinalarni jamlamanglar. Xazinangiz qayerda bo`lsa, yuragingiz ham o`sha yerda bo`lur”. (Matto 6:19-21)


Masihning tuganmas boyligidan rohatlangan har bir inson boylikka egadir qaysiki, bu dunyo bilmagan boylikka. Bu buloqdan insonlar yuz yillar davomida bahramand bo`lib kelishsa ham, bu buyuk obi hayot bulog`i hali ham to`la.

10/02/2006

Dunyoning Yaratilishi (Tavrot Muqaddas Kitobidan)