HAYOT NONI

"Men Hayot Noniman...". Iso Masih. (Yuhanno 6:35)

Dun'yo O'zbeklari Uchun Hudo Hushxabari--Good News for Uzbeks Worldwide

9/28/2005

Qabul Qilib Olish va Yulib Olish

Bunga Javoban Yah'yo (payg`ambar) dedi:-Agar osmondan nasib bo`lmasa, inson hech narsa ololmaydi. (Injildan parcha: Yuhanno 3:27)


Odatda biror narsa olishning ikki yo`li bor. Biri qabul qilish, boshqasi esa yulib- tortib olishdir. Ko`pchilik insonlar narsani yulib-tortib oladi, lekin buning muammosi olgan narsangiz doimiy bo`lmaydi. Vaqtinchalik qo`lga kiritgan o`ljangizga ega bo`lasiz lekin oxirida u sizniki bo`lmaydi. Olishning boshqa yo`li esa- Qabul qilishdir. Bu Xudovand sizga atagan narsani qabul qilishdir. Uzoqni ko`zlab qaraganda Xudovand sizga nasib qilgan narsadan ko`proq narsaga ega bo`lolmaysiz. Mening yoki Sizning hayotingizda doimiy bo`lgan narsalar bu Xudovanddan qabul qilgan narsalardir. Shunday ekan nima uchun yulishni va tortishib olishni vaqtinchalik to`xtatmaysiz. Yulg`uchlikni bas qiling, ega bo`lishga harakatingizni to`xtating, uning o`rniga Xudovandga qarang va unga shunday murojat qiling: "Olampanoh Xudovand, nimani mening ega bo`lishimni xohlasang, men shu narsani xohlayman. Men hammasiga qanoat qilaman. Xudovand, agar sening qo`lingdan qabul qilib olmasam, o`sha katta lavozim yoki katta pul yoki biron bir kayf-safoning orqasidan yugurmayman." Chunki Xudodan olingan narsa sizni barakalaydi (bahtiyor qiladi). Bu narsa haqiqatan ham sizniki bo`ladi. U narsa doimiy bo`ladi. Oxiriga kelib u narsa sizga ziyon etkazmaydi. Aks holda, hamla bilan tortib olingan narsalar ko`pincha, oxirida, siz u narsaga qo`l yugurtirib olganingizdan afsuslanasiz. Shunday qilib esda tuting, tinchlik va barokot olib keladigan narsalar , bu osmondan va Xudovanddan [nasib] qabul qilib olingan narsalardir.- Derek Prince

(Derek Prince mashhur Britaniyalik Injil Domlasi. Derekprince.org)

9/26/2005




"Hayotimni Senga Beraman"

Hayotim Mening Senga
Qolmadi Sendan boshqa
Suyanadigan Hech Narsa.

Tekshir Mening Yuragimni
Tekshir Mening Qo`llarimni
Dog`lardan Yuvib Tashla Meni
Haqiqat bo`lsin Toki Qolgani.

Ko`taraman Boshimni Men Senga
Oro Bergaysan Sen Mening Qalbimga
Quyoshday Charaqlagan
Men Biladigan Eng Mehribonsan.

Eshit Endi Ovozimni
Ahd Qilaman Senga
Ekkan [Haqiqatlaringdan] Tashqari
Ushlamaslikka Hech Narsa Yuragimda.
*
Qo`shiqni Eshitish Uchun Rasmni Bosing
*
Lirika: ("Take My Life" by Seth Parks. Kansas City. MO)

9/24/2005

Hayot va Yo'l

9/23/2005

left
Qarang:
1 Korinf. 3:16-17; 1 Korinf 6:13-20; Efes. 2:19-22.

Sep.22
1 Cor. 6:19
Sizning badaningiz Muqaddas Ruhning ma'badi ekanligini nahot bimasangiz?


Mening tanam "Muqaddas Ruhning ma'badi" bo`lishi uchun mo`ljallangan, mening tanamdagi ishlar orqali Iso Masihni ulug`lash menga bog`liqdir. Qachonki Xudo Ruhi tanaga kelganda, Ruh ma'badni tozalaydi, hech qanday bebosh gunohga yo`l qo`ymaydi. Iso Masihning tanaviy hayotim uchun jiddiy talabi Poklikdir. Inson sifatida Xudo ma'badini hech qanday noloyiq ish bilan iflos qilishimiz mumkin emas; agar biz bunday qilsak Xudoning jazosi(intizomi) keladi. Birdaniga bizga Xudo Ruhi kelganda biz tushuna boshlaymiz -Xudodan bo`lmagan har qanday narsa tozalanishi kerakligini. Bir xil odamlar [imonlilar] shunday deydi, "Menga aytilgan agar so`rasak Xudovand o`z Ruhini bizga beradi; Ho`sh men Muqaddas Ruhni so`radim, men tinchlik va shodlikni kutgan edim, lekin uni o`rniga so`rovimdan beri qiyin ahvoldaman". Bu narsa [qiyin ahvol] Ruhning kelganligining belgisidir, U ma'baddagi "pul almashtirish, mol-xolni" ostun-ustun qilmoqda [Iso qanday Quddus ma'badini tozalagan bo`lsa], ma'badni o`z hayotimiz uchun mo`ljallagan narsalardan Ruh tozalamoqda. Nima uchun Xudo Xushxabari hamma insonlarga ham yoqmasligini biz tushunib qolamiz. Qachonki biz chiroyli qilib "kamtarin va muloyim Iso", Muqaddas Ruh paydo qiladigan narsalar haqida chiroyli fikrlar aytganimizda odamlarga bunga mahliyo, lekin bu Xudoning to`liq Xushxabari emas. Xudo Xushxabari faqatgina Sulhdan tashqari hech qanday poydevorda turmaydi [Sulh: Isoning azobi va o`limi orqali Yaratuvchimiz bizni qutqarishi va O`zi bilan yarashtirish qarori]. Jannat tinchligi va Xudo shodligi haqida gapir va insonlar seni eshitadi lekin ularga Muqaddas Ruh kelishi va ularning o`zlari uchun yashash huquqlarini ostun-ustun qilishini gapir-u insonlardan birdaniga qarshilik keladi. Ular aytishadi: 'Men tanam bilan nima xohlasam shuni qilaman; Men qaerga borishni xohlasam boraman. Ko`pchilik insonlar so`kinuvchi yoki jinoyatchi, ochiqdan-ochiq gunohda yashayotgan insonlar emas, ular hurmatli, tartibli hayot kechiruvchilardir. Shundaylarga Xudoning jazosi va intizomi eng dahshatli narsaday ko`rinadi, chunki ularning [Xudoga bo`ysunmaydigan] tabiiy "yahshi ahloqi" Xudovandga butparast qarshilikdir. Oswald Chambers.

"Shogirdlarga Kundalik Fikrlar". 22-Sentyabr. Zondervan Matbuot Uyi. Michigan. 1990. O`zbek tiliga Philning tarjimasi.


9/20/2005


Zabur. Dovud Payg`ambarning 22-Sanosi

Xudovand-Cho`ponim

Xudovand - Cho`ponim mening,
Men muhtojlik ko`rmayman aslo.
U meni yam-yashil yaylovlarda yotqizar,
Orombaxsh suvlar bo`ylab yetaklab borar.
Jonimga U tetiklik kiritar,
O`z nomi uchun meni to`g`ri yo`lga boshlar.

O`lim vodiysi zulmatida yursam ham,
Dahshatlardan men qo`rqmayman.
Chunki Sen menga hamrohdirsan,
O`z hassangu xiviching menga tasalli berar.
Yovning ko`z o`ngida menga dastur`on tuzagansan,
Xushbo`y moy ila moylagansan boshimni,
Lim-lim to`ldirgansan kosamni.
Umrim bo`yi hayru inoyat izimdan yurar,
Bor kunlarim Xudovand uyida o`tar.

9/17/2005

ISHONCH VA SHUBHA
Iso dengizda yurib kelayotgandi. Butrus (Peter) va Isoning shogirdlari Isoning suvda yurganligini ko`rib hayron qolishdi va dahshatga tushishdi. Iso ularga gapirganidan keyin ular o`zlarining qo`rquvidan tinchlanishdi. Shunda Butrus hursand bo`lib Isoning oldiga bormoqchi bo`ldi. Bu erda biz Butrusning bolalardek sodda imoni borligini ko`ramiz. Iso unga ta'qiqlamadi, balkim mayli kelgin dedi. Butrus shahdam qadamlar bilan Isoning oldiga bora boshladi, lekin birdaniga atrofidagi shamol va dengiz to`lqinidan qo`rqib ketdi. Butrus cho`ka boshladi va Isoni yordamga chaqira boshladi. Rabbi Iso qo`lini cho`zib uni ushlab uni chiqarib oldi va ikkalasi suvda yurib qayiqqa qaytib kelishdi.

Bu narsadan koramizki, Butrusning Isoga bo`lgan imon-ishonchi tabbiy qonunlarni to`xtatib qo`ydi. U suvda yurdi. Lekin unda paydo bo`lgan shubha uni cho`ktira boshladi. Imon-Ishonch Butrusning kuchi edi, lekin Shubha uning dushmani edi. Iso ham unga "nima uchun shubhalanding" deb aytdi. Inson shubhalanganda u qo`rquvga tushadi.
Keyinchalik Isoning shogirdi Pavel shunday degan edi, "Mukammal sevgida Qo`rquv yo`qdir". Sevgi orqali bilim va ishonch keladi. Haqiqiy Bilish faqat birlashish orqalidir. Biz Isoni va Yaratuvhcimizni faqatgina unga bo`ysunganimizda va u bilan bitta bo`lganimizda bilamiz. Sevgi va Muhabbat bu birlikdir va yagonalikdir.
Butrus hali ham Isoning kimligini bilmagan edi, shuning uchun uning qudratidan shubhalanib cho`ka boshladi. Lekin u og`ir paytda Isoga yordam uchun qaray boshladi va Iso uni qutqardi. Biz ham agar imon g`alabasiga erishmoqchi bo`lsak o`zimizning qo`rquvlarimizni yengishimiz kerak. Imon qalbimizdagi chiroqdir, yo`limizni yoritadigan chiroqdir (Keller). Imon orqali ko`zimiz ko`rmagan narsalarni qila olamiz. Rabbimizga bo`lgan imon-ishonch orqali iloji bo`lmagan narsalarni qila olamiz. Shuni esimizdan chiqarmasligimiz kerak-ki, biz doimo Xudoning xohishida yurishimiz kerak va Rabbimizda tokda novda qanday tursa biz ham U bilan yagona bo`lishimiz kerak. Shunda Xudovandning buyuk qudrati bizga Xudoning xohishini bajarishga beriladi. Xudovandga hamdu sanolar bo`lsin. /Farh./

9/16/2005


Yaratuvchimiz Xudovand Isoga Buyuk Qudrat Ato Etdi. Iso Masihga xattoki Tabiat Ham Bo`ysundi. Mana Bu Rasmda Isoning Shogirdlari Dengiz To`fonida Qolib Ketishdi. Ular Bu Ofatdan Dahshatga Tushib Isoni Uyqudan uyg`otishdi. Iso Bir So`zi Bilan To`fonni Tinchiddi.
Bu Hikoyani Eshitish Uchun Tepadagi Rasmni BOSING.

9/14/2005


Iso vasvasaga tushmaslik uchun ibodat qilinglar degan. Xo`sh Ibodatning o`zi nima? Bu Xudovand bilan aloqami? Nima uchun Xudovand biz bilan muloqat qilmoqchi?

9/11/2005


Yaratuvchimiz Xudovand insoniyatga
o`zini zohir qilib, o`zi bilan yarashtirmoqchi bo`ldi.
Buni Yaratuvchimiz o`zining tirik kalomi Iso Masih orqali qildi.
Bu haqida batafsil bilish uchun quyidagi saytga keling:

http://www.jesussaves.cc/uzbek